So’nggi yangiliklar

13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  2 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  15 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  2 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2

Prevyu. "Yuventus" - "Barselona" Yangiliklar

Prevyu. "Yuventus" - "Barselona"

Bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da barcha kutgan UEFA CHempionlar ligasi final uchrashuviga start beriladi.

• Ikkala jamoa uchun bu sakkizinchi CHempionlar Kubogi finali

• Massimiliano Allegri "Yuventus" so'nggi qadam tashlashiga ishonadi

• Luis Enrike: "Biz, o'zimiz xohlagan joydamiz"

• "Yuve" himoyachisi Jorjio Klellini jarohat tufayli ushbu uchrashuvni o'tkazib yuboradi: Xavi Ernandes "Barsa" safida so'nggi o'yinini o'tkazadi

• "Barselona" so'nggi 10 yil ichida to'rtinchi chempionlikni nishonlashi mumkin, "Yuventus" esa tarixdagi uchinchi sovrinini qo'lga kiritishga yaqin turibdi


Taxminiy tarkiblar


"Yuventus": Buffon; Lixtshtayner, Bonuchchi, Bardzali, Evra; Pogba, Pirlo, Markizio, Vidal; Teves, Morata.

O'ynamaydi: Kellini (jarohat), Kaseres (jarohat)

So'roq ostida: Bardzali (jarohat)


"Barselona": Ter Stegen; Alves, Pike, Maskerano, Alba; Rakitich, Buskets, Iniesta; Messi, Suares, Neymar.


"Yuventusa" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri: 


Messi, Neymar, Suares... Yarim finaldan so'ng bu "uchlik"ni qanday to'htatsa bo'ladi degan savolni juda ko'pchilik bermoqda. Finalda juda sovuqqonlik bilan o'ynashimiz talab etiladi. Bizni durang natijasi qoniqtirmaydi. SHu bois gol urish haqida bosh qotirishimiz kerak. Biz yoki "Barselona" "trebl" qayd etishi aniq. Umid qilamanki, biz buni uddalaymiz. Bu narsani amalga oshirish oson kechmaydi. Top jamoani boshqarish juda qiyin ish. Bu narsa tashqaridan qanchalik osondek tuyulmasin, lekin aslida juda mushkul. Luis Enrike "Roma"ni boshqarishdan ishni boshlagandi. Biroq endi bu musobaqa umuman boshqa musobaqa va boshqa daraja. Enrike "Roma"da ham o'z ishiga juda to'g'ri yondoshgan edi. 


Final buyuk o'yin bo'lishi lozim. Bizga biroz omad kulib boqishi talab etiladi. Lekin bu omadga o'z mehnatimiz bilan erishimiz kerak. 

Biz "Barselona"ni qanday to'xtatishni emas, ularga qanday gol urishni o'ylashimiz darkor. 


Biz texnik futbol o'ynashimiz zarur Raqib aynan shu hijatda juda kuchli hisoblanadi. Ularning asosiy quroli bu hujum. Finalda nima bo'lishidan qatiy nazar ushbu mavsum biz uchun juda yaxshi kechdi. Italiya chempionligi va Italiya Kubogi sohibiga aylandik.  Jamoa 20 yildan buyon Italiya Kubogida muvaffaqiyat qozona olmayotgan edi. Evropada ham sovrin yutishimiz juda muhim. Uchrashuv davomida diqqat-etibor bilan harakatlanishimiz lozim. Final favoriti "Barselona" ekanligini esdan chiqarmasligimiz kerak.


"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike:


Jamoamiz o'zi istagan natijalarni qayd etib kelmoqda. Biz shu vaqtgacha ikkita sovrinni yutishga erishdik. Endi navbat uchinchisiga. Maydonning o'rta chizig'i hujum va himoya uchun asosiy joy. Biz himoyada ham, hujumda ham etakchilik qilishimiz kerak. "Barselona" o'z o'yinini ko'rsatishi lozim. To'pni to'liq nazorat qilib, raqib darvozasi oldida vaziyatlar yaratgan holda ularga o'ynash imkonini bermasligimiz zarur. 

O'ylashimcha, to'p nazorati bizning qo'limizda bo'ladi. Biz uchrashuvni ko'p qismini raqib jarima maydonchasi oldida o'tkazishni rejalashtirganmiz. Finalda yuqori darajada o'ynashimiz talab etiladi. Final oson kechmaydi. "Yuventus"ning o'yin uslubi ham biznikiga o'xshab ketadi. Ularga ham to'p kerak. 

"Yuventus" himoyada juda kuchli. Aynan shu uchun ham ularda ham "trebl"ni nishonlash imkoniyati bor. Juda ehtiyotkorlik bilan o'ynashimiz kerak.


Biz ushbu mavsumda juda ko'p gol kiritidik. Lekin unutmaslik kerakki, bu final. Final esa umuman boshqa tipdagi o'yin. Bu erda juda yuqori bosim ostida qolasiz. SHu bosimni engib o'tishga harakat qilamiz. 

Qaysi jamoa bosimni engib o'ta olsa, o'sha klub yakunda muvaffaqiyat qozonadi. 


Men o'z faoliyatimdan minnatdorman. Futbolchilik faoliyatimni 2004 yilda yakunlagandim, hozir murabbiy sifatida ishlayapman. Faoliyatimni qo'lga kiritilgan sovrinlar bilan o'lchamayman. Nima bo'lgan taqdirda ham faoliyatimni borishidan minnatdorman. Men grand jamoani boshqarish qanday ekanligini juda yaxshi bilaman. Men o'z ishimni bajaraman, bu odamlarga qanchalik yoqishi yoki yoqmasligi ikkinchi darajali.

So'nggi uchrashuvlar

"Verona" - "Yuventus" 2:2 (Toni 48, Xuanito 90+3; Pereyra 42, Lorente 57)

"Atletik" - "Barselona" 1:3 (Uilyams 79; Messi 20, 73, Neymar 36)



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика