So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  4

Prevyu. Xotira-79 - Zomin Yangiliklar

Prevyu. Xotira-79 - Zomin

Bugun O'zbekiston professional futbol ligasi PRO-liga, “B” guruhi 11-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Uychi shahrining “Xotira-79” jamoasi “Paxtakor” stadionida Zominning “Zomin” jamoasini qabul qiladi.

Jamoalar o'zaro sakkizinchi bor to'qnash kelishmoqda. Jamoalar birinchi bor 2015 yilgi O'zbekiston Birinchiligi ikinchi bosqich bahslarida to'qnash kelishgan, o'shanda tomonlar o'zaro duranga imzo chekishgan edi. Oxirgi bor PRO-liga 8-tur uchrashuvida “Zomin” jamoasi "Zomin" Markaziy stadionida raqiblar darvozasiga javobsiz 8 bor to'p kiritgan edi. 

O'shanda PRO-liga to'purari Doston Toshmatov “Xotira-79” jamoasi darvozasini 5 bor nishonga olgan edi.

O'tgan 10 tur natijasiga ko'ra musobaqa jadvaliga ko'ra, “B” guruhida “Xotira-79” jamoasi 7 ochko bilan 8-o'rinda borayotgan bo'lsa, “Zomin” jamoasi 19 ochko bilan 1-o'rinda bormoqda.

Demak, bugungi uchrashuv mezmonlar oldingi uchrashuvdagi yirik mag'lubiyatni o'z muxlislari oldida g'alaba qozonib, revansh olishga harakat qilsa, mexmonlar “B” guruhi peshqadamligini saqlab qolish maqsadida faqat g'alaba uchun maydonga tushishadi. O'ylaymizgi “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadigan o'yin qiziqarli va gollarga boy uchrashuv bo'ladi deb umid qilamiz.

Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz.
Imkoniyatlar: 40/20/40

O'ZARO UCHRASHUV STATISTIKASI
Gollar soni bo'yicha: “Zomin” jamoasi raqiblar darvozasini 19 bor nishonga olib, o'z darvozasini “Xotira-79” jamoasidan 10 bor goldan saqlab qola olmagan.
G'alabalar soni bo'yicha: “Zomin” jamoasida 4 ta, “Xotira-79” jamoasi esa 2 ta g'alabalar mavjud. Bir bor jamoalar durang qayd etishgan.

O'ZARO UCHRASHUVLAR
2015 YIL
IKKINCHI BOSQICH
1-tur.12 avgust (chorshanba)    
«Xotira-79» (Uychi) – «Zomin» (Zomin) - 1:1. 546 tomoshabin.
Hakamlar: 
O. Tuychibaev (Toshkent), SH. Mirjalalov (Toshkent), Z. Erkinov (Toshkent), M. Nexochin.
Nazoratchi: S. Zaylabidinov (Farg'ona).
Gollar: SH. Saidov (77) – D. Toshmatov (82, penalti).
Ogoxlantirishlar: B. Yuldoshev (37), I. Abduqodirov (52), S. Abdullaev (82), Xamidov (84) – A. Mansurov (34).
CHetlatish: D. Abdujabbarov (55), S. Abdullaev («Xotira-79, 82).

16-tur. 7 noyabr (shanba).    
«Zomin» (Zomin) – «Xotira-79» (Uychi) – 3:0. 842 tomoshabin.
Hakamlar
: D. Karimov (Toshkent), D. Akmalov (Toshkent), D. Ubaydullaev (Gulistan), SH. Kayumov.
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).
Gollar: D. Toshmatov (6, 73, pen.), D. Maripov (20).
Ogohlantirishlar: O. Mirzaev (45+2), S. Abdullaev («Xotira-79», 63).
CHetlatish: A. Abduqodirov («Xotira-79, 72).

2016 YIL
Birinchi davra
14-tur. 8 iyun (chorshanba).
«Zomin» (Zomin) – «Xotira-79» (Uychi) – 0:2.


Ikkinchi davra
«Xotira-79» (Uychi) – «Zomin» (Zomin) – 1:2. 148 tomoshabin.
Hakamlar: 
D. Karimov (Toshkent), S. Nishonboev (Toshkent), D. Abdurazzoqov (Toshkent), M. Nexochin.
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).
Gollar: F. SHokirov (36) – SH. Joniqulov (35), A. Ahmedov (73).
Ogohlantirishlar: B. Mahkamboev (66), SH. Abduraimov (ikkisi ham - «Zomin», 75).

2017 YIL
7- tur. 1 may (dushanba).
«Zomin» (Zomin) – «Xotira-79» (Uychi) – 3:1. 3210 tomoshabin.
Hakamlar: 
SH. Radjabov (Buxoro), R. Kopadze (Farg'ona), SH. Agzamov (Farg'ona), SH. Kayumov.
Nazoratchi: E. Aripov (Farg'ona).
Gollar: S. Abdullaev (42), D. Toshmatov (89, pen.), L. Fayzullaev (90+6) – G. Djuraev (60).
Ogohlantirishlar: F. Dexqonov (38), G. Djuraev (barchasi «Xotira-79», 90+1).

29-tur. 3 oktyabr (seshanba).
«Xotira-79» – «Zomin» – 5:2. 241 tomoshabin.
Hakamlar:
A.Ergashev (Toshkent), N.Ro'zimov (Toshkent), N.Afinogenov (Toshkent), M.Mamatxonov.
Nazoratchi: G.Karimov (Toshkent).
Gollar: X.Yo'ldoshev (13, 47), B.Mamajonov (66), R.Azamov (84, 87) – D.Toshmatov (18), S.Abdullaev (51).
Ogohlantirish: E.Karimov («Zomin», 76).

2018 YIL
8-tur. 10 may (payshanba).
“B”guruhi
“Zomin” – “Xotira-79”  - 8:0. 1290 tomoshabin.
Hakamlar:
SHuhrat Rajabov (Buxoro), Jaloliddin Najmiddinov (Toshkent), Jamoliddin Xusnitdinov (Toshkent).
Gollar: SH.Abbosov (6), D.Toshmatov (20, 40, 43, 50, 83), B.Do'smurodov (66), E.Karimov (68).
Ogohlantirishlar: SH.Abbosov (61) – I.Sadriddinov (65), B.Mamajonov (67).
Nazoratchi – SHuhrat Egamberdiev (Qarshi)
Komissar – Baxtiyor Namozov

11-tur. 24 may (payshanba)
“V” guruhi
“Xotira-79” – “Zomin”, Uychi shaxri, “Paxtakor” stadioni.
Hakamlar:
A.Rahimov, D.Tilloev, X.Nabiev.
Nazoratchi: V.Najafaliev.
Komissar: A.Ergashev.

Akmal Raxmatullaev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика