So’nggi yangiliklar

16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  0 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  4 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  1 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  10 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2

Prevyu. "UzDongJu" - "G'ijduvon" Yangiliklar

Prevyu. "UzDongJu" - "G'ijduvon"

Teglar :  G'ijduvonUzDongJu
Bugun O'zbekiston birinchiligining 10-tur bahslariga start beriladi. Andijonning UzDongJu jamoasi G'ijduvonning G'ijduvon jamoasini qabul qiladi.

Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlar tarixiga nazar tashlasak  ikki bora kuch sinashishganiga guvoh bo'lamiz. O'tgan yili bo'lib o'tgan ikkala baxsda xam UzDongJu jamoasi g'alaba qozongan. G'ijuvonda bo'lib o'tgan bahsda 0:4 hisobi qayd etilgan bo'lsa, Andijonda o'tkazilgan bahs esa  4:2 hisobida yakun topgan.

O'tkazilgan o'yinlardan so'ng maydon egalari 9 o'yindan 18 ochko jamg'arib 4-o'rinni band etgan bo'lsa G'ijduvon jamoasi 8 o'yindan 4 ochko jamg'arib so'nggi o'rinni band etishgan.

Ushbu bahs oldidan har ikkala jamoada ham yo'qotishlar bor maydon egalari tarkibida o'tgan turda maydondan chetlatilgan Fehruz Solohidinov qatnasha olmasa mehmonlardan esa sariq kartochkalari to'rttaga etgan Mirzo Tursunov va Mamur Ramazonov ishtirok etishmaydi.  

Ushbu uchrashuvni toshkentlik hakam Axmadjon Ergashev boshqarib boradi unga qanotlarda farg'onalik Qaxramon Sobirov va namanganlik Abdumajid Jabborov yordam berishadi. Uchrashuv nazoratchisi namanganlik SHuhrat Bozorov. Etiborlisi o'tgan yili bo'lib o'tgan Andijondagi bahsni ham Axmadjon Ergashev boshqarib borgan.

Barcha muxlislarni bugun 17:00da SHo'rbuloq dahasidagi maktab-internati stadionida bo'lib o'tadigan  ushbu qiziqarli uchrashuvga taklif etamiz.

Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz.

O'ZARO O'YINLAR
 2015 YIL
Ikkinchi bosqich 8- tur. 20-sentyabr (yakshanba)
G'ijduvon (G'ijduvon)–UzDongJu (Andijon) 0:4. 125 tomoshabin.
Xakamlar:
O.To'ychiboev (Toshkent) – 8,2, D.Sarsenov (Nukus) - 8,4,B.Kannazarov (Nukus) - 8,0
Nazoratchi: A Tambovcev (Toshkent).
Gollar: A.Jo'raboev (34) A.Qayumov (67) I.Tursunov (83-pen) S.Soloxiddinov (85)
Ogoxlantirishlar: M.Fayzullaev (64) SH.Raxmatov (83) – F.Soloxidinov (15) B.G'oziev (17) I.Karimov (76)
CHetlatish: M.Qosimov (G'ijduvon 78)

Ikkinchi bosqich 9- tur. 26-sentyabr (shanba)
UzDongJu (Andijon)–G'ijduvon (G'ijduvon) 4:2. 112 tomoshabin
Xakamlar:
A.Ergashev (Toshkent) – 8,2, R.Tolibjonov  (Farg'ona) - 8,1,SH.Azamov (Farg'ona) - 7,7
Nazoratchi: S.Zaylobiddinov (Farg'ona).
Gollar: F.Soloxidinov (30) A.To'xtasinov (50) I.Karimov (84) A.Jo'raboev (90+2) – A.Abdullaev (45) T.Umarov (83)
Ogoxlantirish: SH.Salimov (G'ijduvon 31)

10- tur. 18-may  (chorshanba)
UzDongJu (Andijon)–G'ijduvon (G'ijduvon) SHo'rbuloq FIMI stadioni
Xakamlar:
A. Ergashev (Toshkent), Q.Sobirov (Farg'ona), A.Jabbarov (Namangan)
Nazoratchi:  SH.Bozorov (Namangan).

UzDongJu FK matbuot kotibi SHerzodbek Mamadaliev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика