So’nggi yangiliklar

02:48Либертадорес Кубоги учрашуви вақтида ноҳуш ҳолат рўй берди  1 02:40Испания. "Валенсия" мағлуб бўлди, марказий ўйинда меҳмонлардан ғалаба  2 02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  1 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  2 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  1 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  3 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  2 23:57"Ювентус"нинг Санчо билан шартнома имзолаши учун биргина муаммо ҳалақит қилмоқда  1 23:44ЛаЛига. Туннинг марказий баҳси асосий таркиблари маълум!  4 23:22Эрон. "Истиқлол" пенальтилар эвазига 1 очкони қўлга киритди  2 22:56Франция. ПСЖ – "Монпелье" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 22:31Бундеслига старт олмоқда! Мавсумнинг очилиш ўйини учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 22:30Ким сизга ўзбек футболи савияси ўсяпти деб айтса, ишонманг  30 22:10Расман: Сержи Робертонинг янги клуби маълум қилинди  6 21:53"Барселона" 22 ёшли футболчи билан 5 йиллик шартнома имзолади  4

Prevyu. Ustoz va shogird to'qnashuvida kim g'olib bo'ladi? Yangiliklar

Prevyu. Ustoz va shogird to'qnashuvida kim g'olib bo'ladi?

Bugun Italiya CHempionatida 21-tur uchrashuvlariga start beriladi. Bugun Osiyo Kubogi o'yinlari yo'q va bemalol evrofutbol tomosha qilishimiz mumkin bo'ladi.

"Sassuolo" — "Kalyari"

2019 yilda "Sassuolo" hali umuman gol ura olmadi. A Seriya va Italiya Kubogida ishonchli o'yin ko'rsatib kelayotgan jamoalardan biri "Napoli"ga (0:2) mag'lub bo'ldi. CHempionatda esa "Inter" bilan durang (0:0) o'ynadi. SHunday ekan, bugun dastlabki gollarini kiritishlari zarur. "Sassuolo"ning bugungi raqibini hisobga olsak, bu ishni amalga oshirishning ayni vaqti. CHunki "Kalyari" gol urishdan ko'proq, to'pni o'tkazib yuborishni odat qilgan.

"Kalyari"ga qarshi o'tadigan uchrashuvdan "qora-yashillar" unumli foydalanib, bu seriyaga barham berishlari mumkin. "Sassuolo" o'z maydonida bo'lgan so'nggi 7ta o'yinda eng yaxshi natijasi ham durang bilan yakunlangan. U faqat "Katanya" klubi ustidan g'alaba qozonolgan edi. Ammo bu Italiya Kubogi doirasida bo'lgandi.

Bugun "Kalyari" himoyachisi Ragnar Klavan maydonga tushmaydi. Estoniyalik futbolchi operaciya bo'ldi va qachon o'yinlarga qaytishi hali aniq emas. "Sassuolo" futbolchilaridan esa himoyachi Marlon Santos (jarohat olgan) va yarim himoyachi Stefano Sensi (o'yindan chetlashtirilgan) uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

"Sampdoriya" — "Udineze"

"Sampdoriya" Fabio Kvalyarella bilan Evrokubok uchun kurashmoqda. Oltinchi pog'onaga ko'tarilib olish uchun jamoaga bor yo'g'i ikki ochko etishmayapti. Agar mezbonlar hujumdagi harakatchanlikni saqlab tura olsalar, u holda g'alabaga erishishlari mumkin. Hozirda "Sampdoriya" etakchisi Fabio Kvalyarella qatorasiga 10ta o'yinda gol urgan. Uning natijalari ajoyib. SHunday ekan, "Sampdoriya" muxlislari nimadan havotirga tushishlari mumkin? Gaston Ramires va Janluka Kaprari maydonga tushmaydi. Ular birgalikda 9ta gol urdi.  Kvalyarella yordamchilari turli sabablar tufayli bahsni o'tkazib yuboradi. Bir muammo, agar bugun jamoa etakchisi gol ura olmasa, unda kim raqib darvozasini ishg'ol etadi?

"Udineze"ning ham ulashib tashlaydigan ochkolari yo'q, ular elitadan chiqib ketishga juda yaqin turibdi. Davide Nikola jamoasiga yordam sifatida Stefano Okaka-CHuka, Marvin Zegelar va Sebastyan De Mayo kelgan: "Udineze"da ularning bari ijarada to'p tepadi. Stefano Okaka-CHuka debyut o'yinida gol urishga muvaffaq bo'lgandi, lekin o'shanda jamoa g'olib bo'la olmagandi: uyda "Parma"ga qarshi bahs (1:2).

Eslatib o'tamiz, "Sampdoriya" uy uchrashuvlarini o'tkazuvchi "Luijji Ferraris" stadionida bo'lgan so'nggi 5ta o'yinda "Udineze" umuman g'alaba qozonolmagandi. Oltinchi urinishda naf chiqarmikan?


“Milan” — “Napoli”

Bugungi kunning eng muhim uchrashuvi Milan shahrida bo'lib o'tadi. Jennaro Gattuzo shogirdlari "Napoli"ni qabul qiladi. Gonsalo Iguainning "CHelsi"ga o'tishi borasidagi mashmashalar ham hal bo'lib ketdi. Argentinalik hujumchi yarim yil ichida ham "Milan"dagi o'z o'rini topa olmadi. Uning o'rini Kshishtof Pyontek egalladi. "Rossoneri" kelajagini aynan shu yigitda ko'rmoqda. Polyak bugungi o'yinchilar ro'yxatida bor va boshlang'ich tarkibda maydonga tushishi ham mumkin. U va Lukas Paketa "Milan"ni yuqori cho'qqilarga olib chiqishiga shubha yo'q.

Xo'sh, Jennaro Gattuzochi? Murabbiy hozircha o'z lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda, lekin kundan-kunga unga berilayotgan savollar soni ortib bormoqda. Yoki rahbariyat murabbiyni o'zgartirish niyatida emasmi?!

Ayniqsa, qarshingda afsona turgan bo'lsa. Karlo Anchelotti ilk marotaba Italiyaning boshqa bir jamoasi ustozi sifatida "Milan"ga qarshi uchrashuvga tashrif buyuradi. Bugungi oqshom Karlo ota uchun o'zgacha o'yin bo'lishi turgan gap. Neapolliklar "Yuventus"ga etishlari amalda ilojsiz, lekin taqibchilar bilan oradagi farq ham etarli.

Birinchi davra uchrashuvida "Napoli" uyda "Milan" ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi. Bu safar natija qanday bo'lar ekan?


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика