So’nggi yangiliklar

15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  12 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8 10:32Ўзбекистонлик ҳакамлар олимпия ўйинларидаги илк учрашувларига тайинлов олишди  4

Prevyu. UEFA Superkubogi kimga nasib qiladi? Yangiliklar

Prevyu. UEFA Superkubogi kimga nasib qiladi?

Xabaringiz bor bo'lsa kerak, bugun tunda Evropa Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi.

Bugun "Ayntraxt" "Bavariya"dan uchralgan yirik mag'lubiyat tasodifligini isbotlashi va jiddiy raqibni engib, evrokubokka ega chiqishi mumkin. "Real" esa yangi mavsumdagi birinchi rasmiy o'yindayoq titul qo'lga kiritishi mumkin. Anchelotti raqibni hurmat qilishi, lekin "Real Madrid" 6 ta sovrin uchun harakat qilishini yashirib o'tirmadi. "Ayntraxt" ustozi Glasner esa shogirdlari nomdor raqibdan qo'rqmasligi hamda Frankfurtga sovrin bilan qaytmoqchiligini aytib o'tdi.  

Final oldidan "Real" haqida

- Yozda Anchelotti tarkibidan etti nafar mashhur futbolchilar ketishdi va faqatgina ikkita yangi nom qo'shildi. Karlo qo'l ostida "konveyer-jamoa" mavjud. Tarkib, yondoshuv, muhim futbolchilarning holati bo'yicha analogi yo'q. Ular hattoki ECHLda g'olib chiqishni ham "konveyerga qo'yishni uddalashdi". Oxirgi mavsumni eslasak, pley-off bosqichida madridliklar favorit emasligi aniq, ammo Kurtua va Benzema kubokni Madridga olib ketishdi. Endi Karim oktyabr oyida nima uchun aynan u "Oltin to'p-2022"ni olishini Xelsinkida yana bir bor barchaga eslatib qo'yishi zarur.

- Tchuameni – o'z yoshida jahonning eng yaxshi, iqtidorli futbolchilaridan biri. Peres va 80 mln evro "Monako" uchun Mbappening aloqaga chiqishi va chorlovlaridan usntun keldi. Kilian o'zi "Real"ni "chuv tushirib" ketgani etmagandek, Orelenni ham Parijga chaqirgandi.

Ryudiger ham "Madrid"ni tanladi. Antonio "CHelsi"da qanday darajada o'ynay olishini isbotlab qo'ydi. Germaniyalik futbolchini bazi-bazida tushinib bo'lmay qolsada, u Militaodan tajriba va o'ziga bo'lgan ishonch borasida biroz ustundek. Yangi futbolchilardan umid katta. Qizig'i, har ikkisining tavakkal qilishga moyilligi bor.

- Ketganlar borasida gapirsak, ularning deyarli barchasi kutilgan edi. Beylga Evropada, hech bo'lmaganida "Real" safida, futbol o'ynash yoqmay qolgandi. Isko va Yovich erkin agent sifatida jamoani tark etishdi. Marselo yoshi va talablari tufayli hozircha jamoa topa olmadi. Migel Guterres "Jirona"ga berib yuborildi. Biroq Peres qayta sotib olish punktini yaxshi ko'radi. Kubo va Mayoral asosiy tarkib uchun kerak bo'lmadi. "Real" safida hozirga kelib, birorta jarohatlangan o'yinchi yo'q. Hattoki Azar zaxiradan maydonga tushib, baxtini izlaydi.

- Anchelotti qo'l ostida asosiy tarkibga munosib futbolchilar keragidan ham ko'proqdek. Ryudiger va Alaba juftligini ko'rishimiz ehtimoli yuqori, lekin Militao ham asosiy tarkibdagi joyini osonlikcha berib qo'ymaydi. Kazemironing tarkibdagi roli haqida Karlo otaning o'zi ham aytib o'tdi va Tchuameni hozircha biroz sabr qilishi talab qilinadi. Maydon markazida sabrli bo'lishi talab qilinadigan yana bir francuz bor – Kamavinga. SHuningdek, Nacho, Asensio, Azar, Rodrigo va Vaskes – ancha kuchli zaxira o'rindig'i hisoblanadi.

- "Real" hamma uchun yaxshi tanish va bu narsa jamoaga mavsum davomida muammolar tug'dirsa ajab emas. Xavi ularni shunchalar yaxshi o'rgandiki, martda Madridda 4:0 hisobida zafar quchdi. O'sha "tarsaki" Anchelotti shogirdlarini ECHL pley-offiga jiddiy tayyorlashi uchun xizmat qildi. Hali biroz yosh kataloniyaliklar esa "oltin baliqcha" tutib oldik, deb o'ylashdi shekilli. "Ayntraxt"ga o'z maydonida yutqazib qo'yishdi. "Real"ning o'yinini hamma biladi, ammo omad ko'pincha ularga kulib boqadi. Jamoa "4-3-3" taktik sxemada o'ynashi va Valverdening maydonda turli zonalarda paydo bo'lishini ham butun dunyo o'rganib bo'ldi, lekin...

"Real"ning taxminiy tarkibi (4-3-3): Kurtua – Karvaxal, Ryudiger (Militao), Alaba (Ryudiger), Mendi – Modrich, Kazemiro, Kroos – Valverde, Benzema, Vinisius.


Final oldidan "Ayntraxt" haqida

- Nagelsmann bir vaqtlar o'zi boshqarishni orzu qilishini aytgan "Real"ni qiyin vaziyatda qoldirishi mumkin. Bunga "Bavariya" Bundesliga 1-turida "burgutlar"ni 6:1 hisobida enggani sabab. Birinchi bo'limdayoq "Ayntraxt" 5 ta gol o'tkazib yuborib ulgurgandi. Anchelotti va futbolchilar mikrofon oldida nima degani muhim emas, axir Benzema va sheriklari, tajribali akula kabi qon isini olgan. "Real" hozirgi "Ayntraxt" qanchalik kuchsizligini ko'rdi. Endi Ispaniya chempionlaridan ochko ololganlarni yodga olamiz – Xavi va Simeonegacha "Espanol" va "Xetafe" "Madrid"ga mag'lub bo'lmagan.

- Grandlar bilan "Real" qanday o'ynashni biladi, lekin o'rtamiyona klublar bilan duranglar anchagina. "Kadis", "Elche" va "Levante" so'zimizni tasdiqlashadi. "Ayntraxt" Evrokuboklar finallari tarixidagi eng kuchsiz juftliklardan birining g'olibi sifatida Superkubokka yo'llanmani qo'lga kiritdi, ammo Bundesligada ham 11-o'rin band etildi. Avstriyalik Oliver Glasner jamoasi osonlikcha mag'lub bo'ladiganlardan emas. ELning 13 o'yinida nemislar umuman mag'lub bo'lishmadi. Bugun jamoa tashkil etilganidan buyon eng katta imkoniyat, Superkubok finalida "Real Madrid"ni yutishi mumkin.

- Biroz kulgili eshitilishi mumkindir, biroq "Ayntraxt"ning himoyasi u qadar ojiz emas. Bundesliganing o'tgan mavsumida "burgutlar" 49 marta to'p o'tkazib yuborishdi, bu esa misol uchun "Borussiya" Dortmunddan kamroq. Trapp Evropaning o'rtamiyona kiperlari qatoriga kiradi. Alohida olganda xavbeklar ham, himoyachilar ham kuchli bo'lmasligi mumkin, lekin butun bir jamoa bor. Qo'shimchasiga Bundesligada murabbiy ortiqcha tavakkal qilishni cheklagan, Evropa Ligasida esa futbolchilarda pressing yoki individual harakatlarda erkinlik bo'lgan.

- "Real" asosiy tarkibning hech bir azosini yo'qotmadi, "Ayntraxt"da esa Evropa Ligasidagi g'alabadan keyin asosiy himoyachi Ndika va eng yaxshi pleymeyker Kostichsiz qolgan. Filip Kostich "Ayntraxt" hujumlarini chinakamiga boshqarardi desak mubolag'a bo'lmas. PSVdan uyiga qaytgan Gyotce hozircha to'liqligicha serbiyalikning o'rinini bosa olmasa kerak (Ammo, lekin, biroq, kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotda Filip Kostich bor edi — tahrir). 

- "Burgutlar"ning yagona umidi, "Real" o'rtamiyona raqibni mensimasligidan tashqari, murabbiyda. Agar Glasner finalga taktik jihatdan ideal tayyorlana olsa, Lindstryom va Gyotce vaziyatlar yaratib, Borre ularni golga aylantirsa, biz o'sha Evropa Ligasida hech kimga mag'lub bo'lmagan "Ayntraxt"ni ko'ramiz. "3-4-2-1" sxemasi agar chiziqlarni yuqori joylashtirilsa yoki "Real"ga qarshi hujum uchun imkoniyat qoldirilsa, xavfli. "Ayntraxt" birinchi bo'limda o'yin taqdiri hal bo'lgan bo'lsada, "Bavariya"ni ham ikkinchi bo'limda bezovta qila oldi – aniq zarbalar bo'yicha natija 2:3, tanaffusgacha bo'lgani kabi 0:7 emas.

"Ayntraxt"ning taxminiy tarkibi (3-4-2-1): Trapp – Ture, Tuta, Ndika (Xasebe) – Knauff, Sou, Rode, Lenc – Gyotce, Lindstryom – Borre.


Final oldidan final haqida

- "Ayntraxt" — o'ziga xos jamoa. Bir bo'limning o'zida 5 ta gol o'tkazib yuborishi mumkin, lekin bu "burgutlar" doim ham shunday o'yin ko'rsatadi degani emas. Fevral oyi "Bavariya"ga 0:1 hisobida yutqazishdi, bungacha Myunxenda 2:1 hisobida g'alaba qozonishgandi. Bu "Ayntraxt"ning yagona g'alabasi emas. Jamoa o'z maydonida ham 2:1 hisobida ustun kelgan, bir necha yil avval esa "Bavariya"ni 5:1 hisobida tor-mor etishgan. 

- Kroos, Ryudiger, Karvaxal va Alabaning "suyagi Bundesligada qotgan". Nemis futbolini yaxshi bilishadi. Murabbiy esa UEFA Superkubogini uch marta qo'lga kiritgan "Milan" (ikki marta) va "Real" bilan. Biroq bu final va hech kimga oson bo'lmasligi aniqdek. Evropa Ligasining aksariyat o'yinlarida bo'lganidek "Ayntraxt"ni 36 000 tomoshabinni bag'riga sig'dira oladigan stadionda kattagina guruh muxlislari (10 ming taxminan) qo'llab-quvvatlaydi. Tabiiyki tribunalarda ispanlar kamroq bo'ladi. "Real" bunday bosimga o'rganib ketganiga yillar bo'lgan, lekin chempionlar ham bunday muxlislik oldida bazan o'ziga o'xshamay qolishi mumkin.

- Ideal variantda UEFA Superkubogi uchun "Real" va "Barselona" maydonga tushishlari kerak edi. Benzema va Levandovskiy to'qnashuvida g'olib kim bo'lishini taxmin qilish qiyinroq. Endi bo'lsa Anchelotti yaqqol favorit, nemislar esa "Real" futbolchilarining individual qo'pol xatosiga umid qilishga majbur. Biroq bu erda ham avval Kroos, Kazemiro va Modrich bo'ladi, aslida ulardan avval to'pni olib qo'yish kerak, "Madrid" darvozasi yo'lidagi oxirgi "to'siq" esa Kurtua. 


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика