So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

Prevyu. So'nggi ikki Osiyo Kubogi g'oliblari o'rtasidagi o'yin Yangiliklar

Prevyu. So'nggi ikki Osiyo Kubogi g'oliblari o'rtasidagi o'yin

Osiyo Kubogi "D" guruhidan o'rin olgan markaziy o'yinda Iroq va Yaponiya terma jamoalari Brisben shahrida to'qnash kelishadi.
Ilk turda ikkala jamoa ham uch ochkoga ega bo'ldi. 2007 yilda Osiyoda tengsiz bo'lgan Iroq Iordaniyani 1:0 hisobida taslim qildi. 2011 yilda qita chempioni bo'lgan yaponlar esa musobaqa debyutanti Falastin terma jamoasi darvozasiga javobsiz 4ta gol urdi - 4:0.

Yaponiya ham, Iroq ham o'z tarixida 8-marta OK final bosqichida qatnashmoqda. "Samuraylar" to'rt bor Osiyoda tengsiz bo'lishgan (1992, 2000, 2004 va 2011 yillarda). Iroq esa yuqorida yozilganidek 2007 yil Osiyo kubogini qo'lga kiritgan.

Bu ikki jamoa o'zaro 9 marta to'qnash kelgan. Iroq hisobida 3ta g'alaba bor, Yaponiya 4 bor zafar quchgan. Qolgan ikki uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbatida "samuraylar" ustunlikka egalar - 11:8.

Ushbu jamoalar 2000 yil Livanda o'tgan Osiyo Kubogida to'qnash kelishgan. CHorak final doirasida o'tgan o'sha bahsda yaponlar 4:1 hisobida g'alabaga erishishgan. Keyinchalik o'sha musobaqada Yaponiya chempion bo'lgan.

Dastlabki turda Iroq safida Yosir Qosim, Amjad Halaf va Alo Abdul Zahro sariq kartochka olishdi. Bu futbolchilar agar ikkinchi turda ogohlantirish olsa guruhdagi oxirgi o'yinni o'tkazib yuborishadi. Xaver Agirre boshchiligidagi Yaponiya terma jamoasining hech bir o'yinchisi 1-turda sariq kartochka olmadi.

Iroq - Yaponiya
16 yanvar 2015. Brisben
Bosh hakam:
Alirizo Fag'oni (Eron)
Qanot hakamlari: Rizo Suhandon (Eron), Muhammad Rizo Abulfazli (Eron)
To'rtinchi hakam: Xettikankanage Perera (SHri-Lanka)
Beshinchi hakam: Palita Xematunga (SHri-Lanka)


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика