So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Prevyu. "So'g'diyona" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Qizilqum"

Teglar :  So'g'diyonaQizilqum
Jizzaxda "So'g'diyona" va "Qizilqum" klublari o'zaro bellashishadi.

So'g'diyona (Jizzax) – Qizilqum (Navoiy)
1 iyul 2016. Jizzax. "Jizzax" stadioni. 19:00
Hakamlar
: V. Agishev (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

Ushbu jamoalar shu kunga qadar o'zaro 24 marta kuch sinashishgan. Natijalar “Qizilqum”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Navoiyliklar 24 bahsning 13tasida g'alaba qozonishgan. To'rtta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan va 7ta o'yinda “So'g'diyona”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Qizilqum” foydasiga 30:21. O'zaro o'inlarda “Qizilqum”  43 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “So'g'diyona” bo'lsa 25 ochkolik bo'lgan.

“Qizilqum”ning “So'g'diyona” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:1. “So'g'diyona”ning  “Qizilqum”ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 4:1 ni tashkil etadi.

2015 yil birinchi davrada Navoiyda “Qizilqum” yirik g'alabaga erishgan edi. Baxriddin Vahobov xet-trik qayd etgan bo'lsa, Vyacheslav SHevchenko bitta gol urgan. Jizzaxliklar safida yagona javob to'piga Muzaffar Muzaffarov mualliflik qilgan – 4:1. Qizig'i Jizzaxda o'tgan o'yinda ham xuddi shu hisob qayd etilgan. Izzat G'aniev, Bobur Qosimov, Jasur Hasanov va Sobir Hamidovning gollariga “Qizilqum” safida Bahriddin Vahobov javob bergandi – 4:1.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
02.08.2015 So'g'diyona - Qizilqum 4:1
07.11.2014 So'g'diyona - Qizilqum 1:0
17.08.2013 So'g'diyona - Qizilqum 2:1
19.03.2011 So'g'diyona - Qizilqum 0:2
19.08.2009 So'g'diyona - Qizilqum 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” uyida bo'lib o'tgan bahslarda “Qizilqum”ni 7 bor mag'lub etgan. To'rtta uchrashuvda “Qizilqum” g'alaba qozongan, bitta o'yinda durang qayd etilgan. Jizzaxliklar o'z maydonlaridagi oxirgi uch o'yinda ushbu raqib ustidan zafar quchishgan.
 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика