So’nggi yangiliklar

01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:20Париж-2024. Франция - Миср  5 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  6 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  15 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  6 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

Prevyu. "So'g'diyona" - "Nasaf" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Nasaf"

O'tgan hafta Jizzaxda O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan "Nasaf" bugun Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi.

So'g'diyona (Jizzax) – Nasaf (Qarshi)
21 oktyabr 2015. Jizzax. “So'g'diyona” stadioni. 16:00
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).

“So'g'diyona” hamda “Nasaf” klublari oliy ligada shu kungacha 29 bor kuch sinashishgan. “Nasaf” 22ta o'yinda g'alaba qozongan. 6ta uchrashuvda “So'g'diyona”ning qo'li baland kelgan. 1ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Nasaf” tomonida: 62:27. “Ajdarlar” o'zaro o'yinlarda 67 ochkoga ega bo'lishgan, “So'g'diyona” esa 19 ochkoni qo'lga kiritgan. “Nasaf”ning “So'g'diyona” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 4:1ga teng bo'lsa, “So'g'diyona”ning qarshiliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 3:2.

Dastlabki davrada Qarshida o'tgan o'yinda SHohruh Gadoev, Maqsud Karimov va Roy Rok tomonidan urilgan gollarga "So'g'diyona"dan Jasur Hakimov javob bergandi - 3:1.

"So'g'diyona" maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
03.05.2014 So'g'diyona - Nasaf 1:2
31.05.2013 So'g'diyona - Nasaf 0:2
23.09.2011 So'g'diyona - Nasaf 0:2
26.09.2009 So'g'diyona - Nasaf 1:4
29.08.2008 So'g'diyona - Nasaf 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z maydonida bo'lib o'tgan o'yinlarning 5tasida zafar quchgan. "Nasaf” bu jamoa maydonidan 9 bor g'alaba bilan qaytgan. So'nggi 4ta o'yinda “ajdarlar” "So'g'diyona" maydonidan faqat g'alabaga erishishgan.  

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика