So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Prevyu. "So'g'diyona" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Metallurg"

Oliy liganing 16-turida "So'g'diyona" Jizzaxda "Metallurg" bilan bellashadi.
So'g'diyona (Jizzax) – Metallurg (Bekobod)
3 avgust 2016. Jizzax. "Jizzax" stadioni. 19:00
Hakamlar
: H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
UzPFL vakili: V. Letkin.
 
“So'g'diyona” va “Metallurg” oliy ligada 29 bora to'qnash kelishgan. Natijalar tenglikni ko'rsatmoqda.

“So'g'diyona” ushbu raqibni 12 marta mag'lub etgan. 6ta o'yinda durang qayd etilgan. “Metallurg” esa “So'g'diyona”ni 11 marta talsim qila olgan. “So'g'diyona” o'zaro o'yinlarda 44ta gol urgan, “Metallurg” futbolchilari 40 marta jizzaxliklar darvozasini ishg'ol etishgan. Jizzax klubi o'zaro o'yinlarda 42 ochkoga ega bo'lgan, Bekobod klubi hisobida 39 ochko bor. “Metallurg”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:2ga teng bo'lsa, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati 4:0 bo'lib turibdi.

Birinchi davrada Bekoboddagi o'yinda "Metallurg" g'olib bo'lgan. Mezbonlar safida Zohid Abdullaev dublga erishgan bo'lsa, "So'g'diyona" safida Farrux SHotursunov gol urgandi - 2:1. Qizig'i SHotursunov ikkinchi davrani "Metallurg"da boshladi. 

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
18.04.2015 So'g'diyona - Metallurg 0:0
26.09.2014 So'g'diyona - Metallurg 5:4
05.10.2013 So'g'diyona - Metallurg 2:1
13.08.2011 So'g'diyona - Metallurg 3:1
12.09.2009 So'g'diyona - Metallurg 3:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” maydonida bo'lib o'tgan 14ta o'yinning 9tasida mezbonlar g'alaba qozonishgan, 3 marta g'olib aniqlanmagan. “Metallurg” safarda ikki marta uch ochkoni o'ziniki qilgan. “So'g'diyona” o'z uyida “Metallurg”ga qarshi kechgan oxirgi besh o'yinda umuman yutqazmagan.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика