So’nggi yangiliklar

16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  0 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  0 15:43"Милан" — "Верона". Таркиблар маълум  0 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  4 14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  9 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:21Расман: Расул Йўлдошев — "Динамо" футболчиси  5 10:48"Астон Вилла"нинг муҳим футболчилари "Арсенал"га қарши ўйнамайди  5 10:20"Тоттенхем"га Германия МТЖ аъзоси керак  0

Prevyu. "So'g'diyona" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Mashal"

Oliy liganing 7-turida "So'g'diyona" klubi "Mashal" bilan o'ynaydi.
So'g'diyona (Jizzax) – Mashal (Muborak)
2 may. Zomin. “Zomin” stadioni. 16:30
Hakamlar:
M. Muhammedov (Toshkent vil.), A. Snetkov (Toshkent vil.), R. No'monov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
 
“So'g'diyona” va “Mashal” oliy ligada 20 bora to'qnash kelishgan. Natijalar Muborak jamoasining katta ustunligini ko'rsatmoqda.

“Mashal” 11 marta bu jamoadan ustun kelgan. “So'g'diyona” 4 marta g'alaba qozongan va 5 bor durang o'ynagan. “Mashal” to'plar nisbatida ham ustunlikka ega – 32:19. “Gazchilar” o'zaro o'yinlarda 38, “So'g'diyona” esa 17 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan. Jizzaxliklarning ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 3:0, “Mashal”ning eng yirik muvaffaqiyati 5:1ga teng.

O'tgan yil birinchi turda “So'g'diyona” maydonida o'tgan bahsda Suhrob Berdiev hisobni ochgandi. Bunga Zohir Qo'ziboev javob bergandi – 1:1. Ikkinchi davrada Muborakda tashkil etilgan uchrashuvda esa mezbonlar zafar quchishgan. Abbos Omonov, Andrey Derkach va Zohir Qo'ziboev mehmonlar darvozasiga, Jasur Hakimov va Oleksandr Kablash mezbonlar darvozasiga gol urishgan – 3:2.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
15.03.2014 So'g'diyona - Mashal 1:1
25.08.2011 So'g'diyona - Mashal 2:3
01.03.2009 So'g'diyona - Mashal 1:0
12.04.2008 So'g'diyona - Mashal 2:4
03.06.2006 So'g'diyona - Mashal 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z maydonida uch bora “Mashal”dan ustun kelgan. Ikkita uchrashuvda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. 5ta holatda Muborak klubi safardan ijobiy natija bilan qaytgan. “So'g'diyona” o'z mezbonlik qilgan oxirgi 8 o'yinda faqat bir bor zafar quchgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика