Prevyu. "So'g'diyona" - "Lokomotiv"
10 apr 2016 09:34
Yangiliklar
Prevyu. "So'g'diyona" - "Lokomotiv"
So'g'diyona (Jizzax) – Lokomotiv (Toshkent)
10 aprel 2016. Jizzax. "Jizzax" stadioni. 17:00
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), A. Kalinin (Qarshi), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan)
“So'g'diyona” va “Lokomotiv” oliy ligada 16 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “temiryo'lchilar”ning ustunligini ko'rsatmoqda.
“Lokomotiv” ushbu raqibni 12 marta mag'lub etgan. “So'g'diyona” 2 marta g'alabaga erishgan. Qolgan 2ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. “Lokomotiv” o'zaro o'yinlarda 40ta gol urgan, “So'g'diyona” futbolchilari 9 marta toshkentliklar darvozasini ishg'ol etishgan. “Lokomotiv” o'zaro o'yinlarda 38 ochkoga ega bo'lgan, “So'g'diyona” hisobida 8 ochko bor. “Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 7:0ga teng. “So'g'diyona”ning eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.
O'tgan yil ikkala bahsda ham “Lokomotiv” zafar quchgan. “So'g'diyona” uyida o'tgan uchrashuvda Marat Bikmaev, Temurxo'ja Abduxoliqov va Sanjar SHoahmedov tomonidan urilgan gollar “Loko”ga g'alaba keltirgan. Maydon egalari safida yagona golni Anvar Rajabov urgan – 1:3. Toshkentda Elyor Oripov o'z darvozasini ishg'ol qilib gollar shousini boshlab bergan. Sanjar SHoahmedov (2ta), Islom To'xtaxo'jaev (2ta), Marat Bikmaev va kichik Jasur Hasanov “So'g'diyona” darvozasiga to'p kiritishgandi – 7:0.
“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
03.04.2015 So'g'diyona - Lokomotiv 1:3
23.08.2014 So'g'diyona - Lokomotiv 0:2
20.09.2013 So'g'diyona - Lokomotiv 1:4
23.05.2009 So'g'diyona - Lokomotiv 0:0
29.03.2008 So'g'diyona - Lokomotiv 1:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z uyida “Lokomotiv”ga qarshi kechgan 8ta o'yinning ikkitasida g'olib bo'lgan. Ikki bor durang qayd etilgan va to'rt bor “temiryo'lchilar” safardan g'alaba bilan qaytishgan. Oxirgi to'rt o'yinda “So'g'diyona” g'alaba qozona olmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar