So’nggi yangiliklar

16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  7 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3

Prevyu. "So'g'diyona" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Lokomotiv"

Oliy liganing 3-turida Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Yangierda Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qiladi.
SO'G'DIYONA – LOKOMOTIV
3 aprel 2015. Yangier. “Yangier” stadioni. 16:00
Hakamlar:
R.Bobomurodov, R.Samandarov, O.Jumaev, F.Norsafarov.
Nazoratchi: A.Popov.

“So'g'diyona” va “Lokomotiv” oliy ligada 14 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “temiryo'lchilar”ning ustunligini ko'rsatmoqda.

“Lokomotiv” ushbu raqibni 10 marta mag'lub etgan. “So'g'diyona” 2 marta g'alabaga erishgan. Qolgan 2ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. “Lokomotiv” o'zaro o'yinlarda 30ta gol urgan, “So'g'diyona” futbolchilari atiga 8 marta toshkentliklar darvozasini ishg'ol etishgan. “Lokomotiv” o'zaro o'yinlarda 32 ochkoga ega bo'lgan, “So'g'diyona” hisobida 8 ochko bor. “Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 5:0ga teng. “So'g'diyona”ning eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.

O'tgan mavsum Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda mezbonlar zafar quchishgan. “Loko” safida Ivan Nagaev, Vyacheslav SHevchenko va kichik Jasur Hasanov gol urishgan. Jizzaxliklarning yagona goliga Suxrob Berdiev mualliflik qilgan – 3:1. “So'g'diyona” maydonidagi bahsda “temiryo'lchilar” Aleksandr Geynrix va Farhod Tojievning gollari evaziga uch ochkoga ega bo'lishgan – 0:2.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
23.08.2014 So'g'diyona - Lokomotiv 0:2
20.09.2013 So'g'diyona - Lokomotiv 1:4
23.05.2009 So'g'diyona - Lokomotiv 0:0
29.03.2008 So'g'diyona - Lokomotiv 1:0
15.10.2006 So'g'diyona - Lokomotiv 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z uyida “Lokomotiv”ga qarshi kechgan 7ta o'yinning ikkitasida g'olib bo'lgan. Ikki bor durang qayd etilgan va uch bor “temiryo'lchilar” safardan g'alaba bilan qaytishgan. Oxirgi uchta o'yinda “So'g'diyona” g'alaba qozona olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика