So’nggi yangiliklar

00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  0 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  6 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  2 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  12 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3

Prevyu. "So'g'diyona" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Lokomotiv"

Oliy liganing 17-turida "Lokomotiv" Zominda "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi.
So'g'diyona – Lokomotiv
23 avgust. Zomin. “Zomin” stadioni. 17:15
Hakamlar
: H.Ro'ziev, T.Gaynulin, A.Usmonov, N.Qosimov
Nazoratchi: R.Serazetdinov.

“So'g'diyona” va “Lokomotiv” oliy ligada 13 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “temiryo'lchilar”ning ustunligini ko'rsatmoqda.

“Lokomotiv” ushbu raqibni 9 marta mag'lub etgan. “So'g'diyona” 2 marta g'alabaga erishgan. Qolgan 2ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. “Lokomotiv” o'zaro o'yinlarda 28ta gol urgan, “So'g'diyona” futbolchilari atiga 8 marta toshkentliklar darvozasini ishg'ol etishgan. “Lokomotiv” o'zaro o'yinlarda 29 ochkoga ega bo'lgan, “So'g'diyona” hisobida 8 ochko bor. “Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 5:0ga teng. “So'g'diyona”ning eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.

Dastlabki davrada Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda mezbonlar zafar quchishgan. “Loko” safida Ivan Nagaev, Vyacheslav SHevchenko va kichik Jasur Hasanov gol urishgan. Jizzaxliklarning yagona goliga Suxrob Berdiev mualliflik qilgan.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
20.09.2013 So'g'diyona - Lokomotiv 1:4
23.05.2009 So'g'diyona - Lokomotiv 0:0
29.03.2008 So'g'diyona - Lokomotiv 1:0
15.10.2006 So'g'diyona - Lokomotiv 1:1
18.09.2005 So'g'diyona - Lokomotiv 1:4

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z uyida “Lokomotiv”ga qarshi kechgan 6ta o'yinning ikkitasida g'olib bo'lgan. Ikki bor durang qayd etilgan va ikki bor “temiryo'lchilar” safardan g'alaba bilan qaytishgan. Oxirgi ikki o'yinda “So'g'diyona” g'alaba qozona olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика