So’nggi yangiliklar

12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  1 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  3 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0

Prevyu. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Bunyodkor"

Oliy liganing 8-turida "So'g'diyona" klubi o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.
So'g'diyona (Jizzax) – Bunyodkor (Toshkent)
10 may 2015. Zomin. “Zomin” stadioni. 16:30
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Maradjabov (Andijon), Z. Abduraxmonov (Andijon), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).

“So'g'diyona” va “Bunyodkor” oliy ligada 10 bora to'qnash kelishgan. Natijalar poytaxt jamoasining mutloq ustunligini ko'rsatmoqda.

“Bunyodkor” 10ta o'yindan 10tasini yutgan. Tushunarliki “So'g'diyona” bu raqib bilan durang o'ynamagan va g'alaba qozona olmagan. “Bunyodkor” o'yinlarda 32ta gol kiritgan, jizzaxliklar 1 bora “qaldirg'ochlar” darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 30 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan bo'lsa, “So'g'diyona”da bu ko'rsatkich 0 ni tashkil etadi. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 6:1.

O'tgan yil Zomindagi bahsda Akmal SHorahmedov va Timur Ayupovning gollari evaziga “Bunyodkor” g'olib bo'lgan – 0:2. Toshkentda esa Vohid SHodievning yagona goli “qaldirg'ochlar”ning g'alabasini taminlagandi – 1:0.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi to'rt uchrashuv:
01.06.2014 So'g'diyona - Bunyodkor 0:2
08.11.2013 So'g'diyona - Bunyodkor 0:2
15.06.2011 So'g'diyona - Bunyodkor 1:6
04.08.2009 So'g'diyona - Bunyodkor 0:3
30.06.2008 So'g'diyona - Bunyodkor 0:5

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” bu raqib darvozasiga urilgan yagona golni o'z maydonida urgan. O'sha to'pni 2011 yilgi mavsumda Arturos Fomenko kiritgandi. “Qaldirg'ochlar” safardagi beshta o'yinda ham g'alabaga erishishgan. “Bunyodkor”ning safardagi gollari soni 18ta.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика