So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Prevyu. "So'g'diyona" – "Andijon" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" – "Andijon"

“So'g'diyona” va “Andijon” oliy ligada jami 34 bora to'qnash kelgan.
Natijalar mutlaqo tenglikni ko'rsatmoqda.

“Andijon” 13ta o'yinda g'alaba qozongan. “So'g'diyona” hisobida 14ta g'alaba bor. Etti o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” 50, “So'g'diyona” 51ta gol urgan. Jizzax klubi o'zaro uchrashuvlarda 49, “Andijon” 46ta ochkoni o'z hisobiga yozib qo'yishgan. O'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabalar quyidagicha:  “Andijon” - “So'g'diyona” 4:1,  “So'g'diyona ” - “Andijon ” 5:0.

O'tgan yil birinchi davraning 11-turida “So'g'diyona” vodiydan uch ochko bilan qaytgan. O'sha bahsda Sardor Eminov dublga erishgandi. Lochin Solievning uchrashuv so'nggida urgan goli faqat hisobni qisqartirish uchun xizmat qilgandi - 1:2. “So'g'diyona” maydonidagi uchrashuvda Sardor Eminovning goli hal qiluvchi bo'lgandi – 1:0.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.10.2014 So'g'diyona - Andijon 1:0
01.11.2011 So'g'diyona - Andijon 1:1
09.10.2009 So'g'diyona - Andijon 0:2
04.10.2008 So'g'diyona - Andijon 2:3
15.04.2006 So'g'diyona - Andijon 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z maydonida “burgutlar”ga 3 bor yutqazib qo'ygan. Etiborlisi ushbu uchala mag'lubiyat so'nggi yillarda qayd etilgan. Besh marta jamoalar durang qayd etishgan. Jizzax klubi o'z uyida “Andijon”ni 9 marta taslim qilgan.

Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика