So’nggi yangiliklar

23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  6 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  2 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  12 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1

Prevyu. "SHo'rtan" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "SHo'rtan" - "So'g'diyona"

Muxtor Qurbonov boshchiligidagi "SHo'rtan" klubi o'z maydonida Davron Fayziev boshchiligidagi "So'g'diyona" klubini qabul qiladi.
SHO'RTAN - SO'G'DIYONA
22 mart 2015. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 16:00
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).

“SHo'rtan” hamda “So'g'diyona” klublari oliy ligada shu kungacha 12 bor kuch sinashishgan. Natijalar hozircha teng. Ikkala jamoa 5tadan o'yinda yutishgan, 2ta o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida kichik ustunlik jizzaxliklar tomonida: 15:14. “SHo'rtan” ham, “So'g'diyona” ham o'zaro o'yinlarda 17tadan ochkoni qo'lga kiritgan. Teng natijalarga erishgan bu ikki jamoaning eng yirik hisoblari ham bir xil – 2:0.

2014 yil “SHo'rtan” oliy ligada ishtirok etmagan. SHu bois bu jamoalarning oxirgi o'yini 2013 yilda bo'lib o'tgan. O'sha yil G'uzordagi bahsda Pavel Solominning urgan goli mezbonlarga g'alaba keltirgan – 1:0. “So'g'diyona” maydonida o'tgan bahsda Ilyos Qurbonov, Ayubxon No'monov, Suxrob Berdiev maydon egalari safida gol urishgan. Bunga mehmonlardan Botir Qodirqulov bir bor javob bergan – 3:1.  

G'uzorda o'tgan barcha uchrashuvlar:

30.03.2013  SHo'rtan - So'g'diyona 1:0
20.06.2011  SHo'rtan - So'g'diyona 3:2
04.04.2009  SHo'rtan - So'g'diyona 2:1
04.04.2008  SHo'rtan - So'g'diyona 0:2
30.09.2006  SHo'rtan - So'g'diyona 0:1
27.08.2005  SHo'rtan - So'g'diyona 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: G'uzordagi 6ta o'yindan 4tasida “SHo'rtan”, 2tasida “So'g'diyona” g'alaba qozongan. Yani, G'uzorda bu jamoalar hozirgacha umuman durang o'ynashmagan. Oxirgi uchta o'yinda “SHo'rtan” o'z maydonida faqat g'alaba qozongan.



Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика