So’nggi yangiliklar

16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  0 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  0 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  3 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  1 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  9 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2

Prevyu. "SHo'rtan" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "SHo'rtan" - "Qizilqum"

G'uzorning "SHo'rtan" klubi o'z maydonida Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi.

SHo'rtan (G'uzor) – Qizilqum  (Navoiy)
12 mart 2016. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 16:30
Hakamlar:  V. Serazetdinov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
 
Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 20 bor kesishgan. Natijalar teng. 8ta o'yinda g'uzorliklarning qo'li baland kelgan, 9ta uchrashuvda “Qizilqum” g'olib bo'lgan. 3ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbatida kichik ustunlik "Qizilqum" tomonida. Navoiy klubi 29ta gol urib o'z darvozasidan 25 marta to'p olib chiqqan. O'zaro o'inlarda “SHo'rtan” 27, “Qizilqum” 30 ochkoni qo'lga kiritgan.

“SHo'rtan” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi g'uzorliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:0ga teng.

O'tgan mavsum "Qizilqum" ikkala bahsda ham g'olib bo'lgan. Navoiyda "SHo'rtan" vakili Samandar SHodmonov ochgandi. Biroq shundan so'ng Bahriddin Vahobov ikki bor mehmonlarni ranjitgan. Laziz Ubaydullaev esa o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan - 3:1. G'uzorda Darko Stanoevichning goliga mehmonlardan Akmal Rustaomv, Baxriddin Vahobov va Navro'zbek Alimov javob berishgandi – 1:3.

G'uzorda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.10.2015 SHo'rtan - Qizilqum 1:3
20.04.2013 SHo'rtan - Qizilqum 2:0
03.08.2012 SHo'rtan - Qizilqum 2:0
20.05.2011 SHo'rtan - Qizilqum 1:0
19.03.2010 SHo'rtan - Qizilqum 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “SHo'rtan” o'z uyidagi 6ta o'yinda zafar quchgan. Ikki uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. “Qizilqum” safarda bu raqibni ikki bor (2005 va 2015 yillarda) mag'lub eta olgan.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика