So’nggi yangiliklar

13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  3 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:21Расман: Расул Йўлдошев — "Динамо" футболчиси  3 10:48"Астон Вилла"нинг муҳим футболчилари "Арсенал"га қарши ўйнамайди  4 10:20"Тоттенхем"га Германия МТЖ аъзоси керак  0 09:51"Вулверхэмптон" АПЛнинг антирекордини ўрнатди  0 09:23Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"  3 08:50"Машъал"да нима гаплар? Жамоани бир қатор футболчилар тарк этган  5 08:14Арне Слот: "Виртц "Ливерпуль" учун ҳали кўплаб голлар уради"  1 07:33Эрон ОАВ Сергеевнинг "Сепахон"даги ойлигини маълум қилди  17 03:30U-23 Осиё чемпионати-2020. Стадионни пайҳон қилган атлетлар, кулгига қолган ТВ, туғилган кунида Ўзбекистонга иккита гол урган футболчи, Сон Хён Минга сув ташиттирган мураббий ҳамда кубокни ирғитган Шаҳбоз Беғамов ҳақида ҳикоя қиламиз  6

Prevyu. "SHo'rtan" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "SHo'rtan" - "Qizilqum"

Bugun Navoiyning "Qizilqum" klubi G'uzorda "SHo'rtan" klubi mehmoni bo'ladi.

SHo'rtan (G'uzor) – Qizilqum (Navoiy)
21 oktyabr 2015. G'uzor. “SHo'rtan” stadioni. 16:00
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 19 bor kesishgan. Natijalar teng. 8ta o'yinda g'uzorliklarning qo'li baland kelgan, 8ta uchrashuvda “Qizilqum” g'olib bo'lgan. 3ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbatida kichik ustunlik "Qizilqum" tomonida. Navoiy klubi 26ta gol urib o'z darvozasidan 24 marta to'p olib chiqqan. O'zaro o'inlarda “SHo'rtan” ham, “Qizilqum” ham 27tadan ochkoni qo'lga kiritgan.

“SHo'rtan” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi g'uzorliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:0ga teng.

Birinchi davrada "Qizilqum" o'z maydonida g'olib bo'lgan. Uchrashuvda "SHo'rtan" vakili Samandar SHodmonov ochgandi. Biroq shundan so'ng Bahriddin Vahobov ikki bor mehmonlarni ranjitgan. Laziz Ubaydullaev esa o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan - 3:1.

G'uzorda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
20.04.2013 SHo'rtan - Qizilqum 2:0
03.08.2012 SHo'rtan - Qizilqum 2:0
20.05.2011 SHo'rtan - Qizilqum 1:0
19.03.2010 SHo'rtan - Qizilqum 0:0
17.04.2009 SHo'rtan - Qizilqum 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “SHo'rtan” o'z uyidagi 6ta o'yinda zafar quchgan. Ikki uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. “Qizilqum” safarda bu raqibni faqat bor (2005 yil) mag'lub eta olgan. “Qizilqum” oxirgi to'rtta o'yinda safarda "SHo'rtan"ga gol ura olmagan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика