So’nggi yangiliklar

14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  0 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  0 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  0 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  0 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  7 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  5 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  1 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  5 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  2 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  8 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  15

Prevyu. "SHo'rtan" - "Olmaliq" Yangiliklar

Prevyu. "SHo'rtan" - "Olmaliq"

Muxtor Qurbonov boshchiligidagi "SHo'rtan" Igor SHkvirin boshchiligidagi "Olmaliq" klubini qabul qiladi.
SHo'rtan (G'uzor) – Olmaliq (Olmaliq)
10 may 2015. G'uzor. “G'uzor” stadioni. 17:30
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), R. SHoyaxmetov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).

“SHo'rtan” va “Olmaliq” oliy ligada 12 marta o'zaro o'ynashgan. Hozircha natijalar teng. “SHo'rtan” ham, “Olmaliq” ham 4tadan o'yinda g'olib bo'lishgan. 4ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida kichik ustunlik “Olmaliq” tomonida - 16:15. O'zaro o'yinlarda jamoalar 16tadan ochkoga ega bo'lishgan.

“SHo'rtan”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:3ga teng. “Olmaliq”ning eng yirik g'alabasi esa 3:0.

2013 yilgi mavsumdagi dastlabki o'yin G'uzorda bo'lib o'tgan. O'shanda mehmonlar vakili Evgeniy Gogol penaltidan gol urib hisobni ochdi. Darko Stanoevich esa o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ygan – 1:1. Olmaliqdagi uchrashuvda esa tomonlar har qancha harakat qilishmasin hisob ochilmagandi – 0:0.

G'uzorda bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlar:

11.05.2013  SHo'rtan - Olmaliq 1:1
28.04.2012  SHo'rtan - Olmaliq 1:1
21.08.2011  SHo'rtan - Olmaliq 2:0
18.09.2010  SHo'rtan - Olmaliq 5:3
07.09.2009  SHo'rtan - Olmaliq 1:0
23.11.2008  SHo'rtan - Olmaliq 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: G'uzordagi 6ta o'yinning 3tasida “SHo'rtan” uch ochkoni o'zida olib qolgan. Uchta bahsda tomonlar bir ochkodan bo'lishib olishgan.  “Olmaliq” o'z tarixida umuman G'uzorda g'alaba qozona olmagan. Oxirgi ikkita uchrashuvda bir xil 1:1 hisobi qayd etilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика