So’nggi yangiliklar

01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  1 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  8 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  26 00:11А Серия. "Пиза" - "Ювентус" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  4 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  9 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  24

Prevyu. "SHo'rtan" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "SHo'rtan" - "Metallurg"

Oliy liganing 15-turidan o'rin olgan ilk uchrashuv "SHo'rtan" va "Metallurg" o'rtasida bo'lib o'tadi.
SHo'rtan (G'uzor) – Metallurg (Bekobod)
30 iyun 2015. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 19:00
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

 “SHo'rtan” hamda “Metallurg”oliy ligada jami 18 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 13 tasida bekobodliklar g'olib bo'lishgan, 2 o'yinda “SHo'rtan” g'alabani tantana qilgan. O'zaro o'yinlarda 3 marta durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Metallurg” foydasiga 37:18 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Metallurg” 42 ochkoni, “SHo'rtan” esa 9 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Metallurg”ning “SHo'rtan” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 4:0. “SHo'rtan”ning o'zaro o'yinlarda bekobodliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 2:1.

2013 yil dastlabki davrada Bekoboddagi o'yin taqdirini bitta gol hal qilgan. Aleksandr Kovalevning 84-daqiqada “SHo'rtan” darvozasiga urgan goli “Metallurg”ga mavsumdagi ilk g'alabani keltirgandi – 1:0. G'uzorda esa tomoshabinlar 6ta gol guvohiga aylanishgandi. Mezbonlar safida Pavlen Solomin (2ta) va Humoyun Murtazoev, bekobodliklar tarkibida SHuxrat Yo'ldoshev, Hikmat Hoshimov va Mirto'ra Akbarov gol urishgandi.

G'uzorda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
08.11.2013 SHo'rtan - Metallurg 3:3
14.04.2012 SHo'rtan - Metallurg 1:2
02.04.2011 SHo'rtan - Metallurg 2:3
14.08.2010 SHo'rtan - Metallurg 2:2
30.10.2009 SHo'rtan - Metallurg 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “SHo'rtan” o'z maydonida bu raqibni ikki marta mag'lub etgan. Ikkita bahsda g'olib aniqlanmagan. Beshta o'yinda “Metallurg” G'uzordan uch ochko bilan ortga qaytgan. “SHo'rtan” so'nggi marta o'z uyida 2007 yil g'alabaga erishgan, shundan so'ng bo'lib o'tgan 6ta o'yinda raqibni enga olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика