Prevyu. "Real" - "San Lorenso"
20 dek 2014 16:45
Yangiliklar

Prevyu. "Real" - "San Lorenso"
Bugun Marokashda klublar o'rtasidagi Jahon chempionati final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Evropa CHempionlar ligasi g'olibi Real Libertadores kubogi sohibi Argentinaning San Lorenso klubiga qarshi o'ynaydi. SPORT telekanali uchrashuvni jonli ravishda efirga uzatadi.
Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati, final.
20 dekabr 00:30. Marrakesh. "Marrakesh" stadioni.
"Real" (Ispaniya) - "San Lorenso" (Argentina)
Hakamlar: Valter Lopez (Guatemala), Leonel Leal (Kosta Rika), Gerson Lopez (Guatemala), Noumandiez Due (Kot DIvuar)
Uchrashuvda kim favorit ekanligi haqida savol o'rinsiz. Ispan klublar orasida g'alabali seriyani davom ettirayotgan Real musobaqaning yarim finalida Meksikaning Krus Asul klubini tor-mor (4:0) etib o'zining ketma-ket 21-g'alabasini qo'lga kiritdi.
Madrid klubi 2014 yilda Evropa chempionlar ligasi, Ispaniya kubogi va Evropa Superkubogini qo'lga kiritib bo'ldi. Ayni paytda jamoa Ispaniya chempionatida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. 2014 yilda hozirga qadar 176ta gol urishga erishdi.
San-Lorenso Argentina chempionatining birinchi qismida sakkizinchi o'rinni band etdi. Ushbu klub yarim finalda Yangi Zelandiyaning Oklend Siti klubini faqat qo'shimcha vaqtdagina (2:1) mag'lub eta oldi.
transfermarkt.de portaliga asoslanadigan bo'lsa klub futbolchilarining umumiy transfer narxi 37,1 million evroga teng ekan. Realda bu ko'rsatkich 688,8 millionga teng.
San-Lorensoda u qadar mashhur futbolchilar yo'q. Yangi yulduzlardan biri bo'lgan Anxel Korrea yarim yil oldin Atletiko bilan shartnoma tuzib bo'lgan. Evropada o'ynaganlardan faxriy himoyachi Mario Yepes va Rossiyada o'ynab tanilgan Pablo Barrentos hozir Lorenso safida o'ynamoqda. Barrentos yarim finalda Oklendga gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Realda Modrichdan boshqa yo'qotish yo'q. Krus Asul bilan bahsda jarohat olgan Serxio Ramosning finalda o'ynashi hozircha so'roq ostida. Biroq himoya markazida Rafael Varan bemalol maydonga tusha oladi. Anchelotti hazil tariqasida Oltin to'pga davogarlardan biri bo'lgan, oxirgi uchta o'yindan ikkitasida gol urmagan Krishtianu Ronaldu o'z gollarini finalga asrab qo'yganini malum qildi.
2007 yildan buyon Janubiy Amerika klubi Evropa klubini bir marta mag'lub etgan: 2012 yilda Korintians finalda CHelsini taslim qilgandi (1:0). Real yangi formatga o'tkazilgan musobaqada g'olib bo'la olmagan. Madrid klubi 12 yil oldin Qitalararo kubok deb nomlangan musobaqada g'olib chiqqan.
San-Lorenso mo'jiza yarata oladimi? Bunday bo'lishiga ishonish qiyin. Lekin g'alabali seriya qachondir tugashi kerak. Bu hech kim kutmagan vaqtda sodir bo'lishini barchamiz bilamiz.

Fikrlar