So’nggi yangiliklar

18:26Суперлига. "Хоразм" - "Шўртан" 1:0 (матнли трансляция)  11 18:18"Наполи" — "Фиорентина". Таркиблар маълум  0 17:54"Челси" — "Лестер" ва "Тоттенхэм" — "Борнмут" ўйинлари учун таркиблар маълум  0 17:46ЎФА Тиббий қўмитаси Суперлиганинг 12 футболчиси даволаниши лозимлигини қайд этди  2 17:23ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Актобе"га имкониятни бой берди, меҳмонлар сафида уч нафар ўзбекистонлик ўйинчи асосий таркибда тушди  1 17:00"Хетафе" — "Атлетико". Альварес ва Гризманн асосий таркибда  1 16:37МЮ Зиркзеедан мамнун ва уни ёзда сотмоқчи эмас. Ҳужумчи 41 ўйинда 6+2 қайд этди  4 16:05Итсуки Урата: "Нефтчи" билан ўйин энди тарих, биз навбатдаги учрашувга тайёргарликни бошлаймиз"  0 15:55"Ливерпуль" Нуньесга ўринбосар бўладиган футболчи учун 50 млн евро тўлашга тайёр  0 15:25Тошкентда "Бунёдкор" ва "Нефтчи" ўртасида тўртта тўп киритилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:21Зоран Марушич: "Насаф"даги чемпионликни "Нефтчи" билан такрорлашни истайман"  3 15:13ЎзПФЛ наманганлик футбол мухлисларига мурожаат қилди  35 15:01Одил Ҳамробеков: "Бунёдкор" қайси ўринни эгаллайди? Жадвалга кузда қараймиз"  0 14:40Эшитдик-да! Тез орада Ўзбекистон Суперлигаси ўйинлари 10 та камерада тасвирга олинади  15 14:31Кими Мерк янги клуби билан шартнома имзолади  0

Prevyu. Qosimov uchun so'nggi umid. Babayan avvalgi xatosini to'g'rilaydimi? Yangiliklar

Prevyu. Qosimov uchun so'nggi umid. Babayan avvalgi xatosini to'g'rilaydimi?

Joriy mavsum ikki jamoaga ham barqarorlik etishmayapti

 Qosimov jamoasining Superligada ham, OCHLda ham ishlari yurishmayapti. "Navbahor" esa 3 ta frontda ham ishtirokini davom ettiryapti. Jamoalar bugun Kubok bahsida final yo'llanmasi uchun bellashishadi. 

OKMK

Ruben Sanchez - 13', Martin Boake - 28', Akrom Komilov - 70', Mirzhahon Mirahmadov - 120', Sardor Rahmonov - 120', Mirjamol Qosimov - 120', Xurshid G’iyosov - 120'

O'zbekiston kubogi . 3-tur

19/10/2023, 18:00

5
:
6
Tugadi

Navbahor

Jamshid Iskanderov - 10', Jamshid Boltaboev - 120', Filip Ivanovich - 120', Jamshid Iskanderov - 120'

45'
90'
120'
13'  Ruben Sanchez
13'  Oybek Rustamov
27'  Siyavash Haqnazariy (Muhammadanas Hasanov)
28'  Martin Boake
70'  Akrom Komilov
72'  Ruben Sanchez (Mirjamol Qosimov)
77'  Martin Boake
86'  Martin Boake (Mirzhahon Mirahmadov)
90'  Oybek Rustamov
92'  Akrom Komilov
105'  Muhammadanas Hasanov (Murat Yermatov)
120'  Mirzhahon Mirahmadov
120'  Sardor Rahmonov
120'  Mirjamol Qosimov
120'  Xurshid G’iyosov
10'  Jamshid Iskanderov
45'  Jamshid Boltaboev
46'  Asadbek Sobirzhonov (Doniyor Abdumannopov)
46'  ZHasur YAxshiboev (Abror Ismoilov)
62'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Toma Tabatadze)
62'  Milosh Milovich
66'  Doniyor Abdumannopov
80'  Ibrohim Yo'ldoshev
82'  Toma Tabatadze (Azim Ahmedov)
90'  Azim Ahmedov
120'  Jamshid Boltaboev
120'  Filip Ivanovich
120'  Jamshid Iskanderov

O'yinlar tarixi

SHu paytga qadar bu ikki klub o'zaro 32 o'yinda to'qnash kelgan. Ustunlik "konchilar" tarafida – 13 ta g'alaba. "Lochinlar" esa 9 bor olmaliqliklarni mag'lubiyatga uchratgan. Qolgan 10 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. OKMK mezbonligida o'tgan 16 ta uchrashuvning 9 tasida mezbonlar g'alaba qozongan, 4 ta uchrashuvda mehmonlarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 3 ta bahsda g'olib qayd etilmagan. O'zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2013 yilgi mavsumda qayd etilgan, unda "Navbahor" 4:3 hisobida g'alaba qozongan.

So'nggi uchrashuvlar

30.08.2023 "Navbahor" - OKMK 0:0

09.04.2023 OKMK  - "Navbahor" 2:1 

12.11.2022 "Navbahor" - OKMK 3:1 

01.07.2022 OKMK - "Navbahor"  1:2 

10.09.2021 "Navbahor" - OKMK 0:0 

Joriy mavsumdagi o'yinlar

Ushbu bahs jamoalarning mavsumdagi 3-o'yiniga aylanadi. Superliga doirasida o'tkazilgan 1-davradagi bahsda "konchilar" mezbon maqomida 2:1 hisobida g'alabaga erishgan – Jamshid Iskanderovning penaltidan urgan golidan so'ng SHahboz Jo'rabekov o'z darvozasini ishg'ol qilgan va Ruben Sanches to'p kiritgan edi. Namanganda o'tkazilgan 2-davradagi o'yinda esa durang (0:0) natijasi qayd etilgan.

Xalqaro maydondagi ishtirok

Ikki jamoa ham joriy mavsum OCHLda ishtirok etmoqda. Ikki turdan so'ng jamoalarning natijalari har xil. "S" guruhidan joy olgan OKMK dastlabki ikki turda mag'lubiyatga uchradi va guruhdan chiqish imkoniyatlarini keskin kamaytirib yubordi. Birinchi turda mehmonda "Al Ittihod"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan olmaliqliklar, ikkinchi tur bahsini o'z maydonida o'tkazdi. Olmaliqda bo'lib o'tgan uchrashuvda OKMK Iroqning "Eyr-Fors" jamoasiga mag'lub bo'ldi (1:2).

"Navbahor"da esa teskari holat. Samvel Babayan shogirdlari CHempionlar Ligasi bahslarida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda. Birinchi turda "Al Hilol"ga qarshi uchrashuvda sensacion tarzda durang qayd etgan namanganliklar, ikkinchi turda "Mumbay Siti" jamoasini 3:0 hisobida taslim etishdi. SHunday qilib, ikki turdan so'ng "Navbahor" 4 ochkoga ega bo'lsa, OKMKda ochkolar soni 0 ga teng.

Ko'p tanqid qilinayotgan ikki murabbiy

Joriy mavsum ikki jamoaga chempionat bahslarida barqarorlik etishmayapti. OKMK turnir jadvalida 36 ochko bilan 5-o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Navbahor" 40 ochko jamg'arib 2-o'rinni band etib turibdi. "Metallurg", "Andijon", "So'g'diyona" kabi jamoalarga qarshi uchrashuvlarda ochko yo'qotgan "lochinlar" chempionlik bahsidan deyarli chiqib ketishgan edi, ammo so'nggi turda "Paxtakor"ning ochko yo'qotishi sabab jamoa yana chempionlik poygasiga qaytdi. Mavsum hali yakunlanmasidan ayrim "Navbahor" muxlislari jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanni istefoga chiqishini talab qildi.

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning esa joriy mavsumda omadi yurishmayotgani yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Kuchli tarkibga ega bo'lishiga qaramay, Qosimov jamoasi Superligada 5-o'rinda va sovrinli o'rinlardan joy olishi deyarli ilojsiz bo'lib qoldi. OCHLda esa OKMK o'zidan ancha kuchsiz bo'lgan Iroq jamoasiga mag'lub bo'ldi. OKMKning so'ngi umidi O'zbekiston Kubogi bo'lib qolmoqda.

Muallif taxmini

O'yin ekstra taymlargacha davom etsa kerak. Hozirgi holatda "Navbahor"da kichik ustunlik bo'lishi mumkin, ammo Qosimov yigitlari joriy mavsumdagi medallar uchun so'ngi imkoniyatini boy berishni istamaydi. 

Imkoniyatlar: 50% – 50%

Abdulvosit Bektemirov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика