Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Metallurg"
25 okt 2015 09:23
Yangiliklar
Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Metallurg"
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Metallurg (Bekobod)
25 oktyabr 2015. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 15:30
Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
“Qo'qon-1912” hamda “Metallurg” klublari oliy ligada shu kungacha 11 bor kuch sinashishgan. “Metallurg” 4ta o'yinda g'alaba qozongan. 5ta uchrashuvda “Qo'qon-1912”ning qo'li baland kelgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik qo'qonliklar tomonida: 19:16. “Qo'qon-1912” o'zaro o'yinlarda 17 ochkoga ega bo'lgan, “Metalurg” esa 14 ochkoni qo'lga kiritgan. Bekobodliklarning “Qo'qon-1912” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 6:1ga teng bo'lsa, qo'qonliklarning eng yirik g'alabasi – 5:1.
Dastlabki davrada “Metallurg” g'alaba qozongan. Saidjon Abdujabborovning dubliga “Qo'qon” hujumchisi Nosir Otaqo'ziev javob bergan edi – 2:1.
Qo'qonda o'tgan barcha uchrashuvlar:
13.09.2003 Qo'qon-1912 - Metallurg 4:0
23.11.2002 Qo'qon-1912 - Metallurg 1:0
29.04.2000 Qo'qon-1912 - Metallurg 2:0
02.10.1999 Qo'qon-1912 - Metallurg 5:1
05.09.1998 Qo'qon-1912 - Metallurg 1:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” o'z tarixida hech qachon Qo'qonda g'alaba qozona olmagan. “Qo'qon-1912” o'z uyida 4ta o'yinda g'olib bo'lgan. Bir marta (1998 yil) vodiyda durang qayd etilgan. Oxirgi uchta o'yinda “Metallurg” safarda to'p kirita olmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar