So’nggi yangiliklar

07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  0 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  1 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  2 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  6 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0

Prevyu. "Qizilqum" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Paxtakor"

Oliy liganing 4-turida "Qizilqum" klubi o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.
Qizilqum (Navoiy) – Paxtakor (Toshkent)
12 aprel 2015. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 17:30
Hakamlar:
A.Asimov, M.Saidqosimov (Toshkent), A.Snetkov, D.Jalimov.
Nazoratchi: G'.Karimov (Toshkent).
 
“Paxtakor” va “Qizilqum” oliy ligada 30 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Paxtakor”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. “SHerlar” o'zaro o'yinlarda 25 marta g'alaba qozonishgan. 4ta bahsda durang qayd etilgan. “Qizilqum” faqat 1 marta “Paxtakor”ni taslim qila olgan. To'plar nisbatida ham ustunlik “sherlar”da 83:17. “Paxtakor” o'zaro o'yinlarda 79 ochkoga ega bo'lgan, “Qizilqum” o'z hisobiga 7 ochko yozib qo'ya olgan. Toshkent klubining “Qizilqum” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 11:0ga teng bo'lsa, “Qizilqum”da bu ko'rsatkich 2:1ga teng.

2014 yil Toshkentdagi uchrashuvda bitta gol urilgan. “SHerlar” sardori Kaxi Maxaradzening kiritgan to'pi uch ochko keltirgan – 1:0. Navoiyda esa tomoshabinlar 5ta gol guvohi bo'lishgan. Maydon egalari hujumchisi Navro'z Alimov hisobni ochgandi. Bunga Kaxi Maxaradze (2ta), Vladimir Kozak va SHerzod Karimov javob berishgandi – 1:4.

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

15.08.2014 Qizilqum - Paxtakor 1:4
27.05.2013 Qizilqum - Paxtakor 0:1
03.09.2012 Qizilqum - Paxtakor 0:4
05.11.2011 Qizilqum - Paxtakor 0:3
31.07.2010 Qizilqum - Paxtakor 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt:
“Qizilqum” o'z maydonida ushbu raqibni umuman mag'lub eta olmagan. Bo'lib o'tgan 15ta o'yinning 13tasida “sherlar” zafar quchishgan. 2ta bahsda esa durang qayd etilgan. So'nggi bor “Qizilqum” o'z uyida 2002 yil mag'lub bo'lmagan.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика