So’nggi yangiliklar

12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  1 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  5 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  3 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0

Prevyu. "Qizilqum" - "Olmaliq" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Olmaliq"

Teglar :  OlmaliqQizilqum
Oliy liganing 3-turida Igor SHkvirin boshchiligidagi "Olmaliq" klubi Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi.

Qizilqum (Navoiy) – Olmaliq (Olmaliq)
2 aprel 2016. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 18:00
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.
 
“Olmaliq” va “Qizilqum” oliy ligada 16 marta to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 8tasida olmaliqliklar g'olib bo'lishgan. 2ta o'yin durang hisobida yakunlangan, “Qizilqum” hisobida 6ta g'alaba mavjud.

“Olmaliq” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Qizilqum” darvozasiga 28ta to'p kiritgan, navoiyliklar esa “Olmaliq” darvozasiga 23ta gol urishgan. “Olmaliq”  o'zaro o'yinlarda 26 ochko ishlab olgan bo'lsa, “Qizilqum” 20 ochkoni qo'lga kirita olgan. “Olmaliq”ning oliy ligada “Qizilqum” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 5:1 ni tashkil qiladi. “Qizilqum”ning yirik g'alabasi esa 4:2.
 
2015 yil birinchi davrada Olmaliqda tashkil etilgan uchrashuvda mezbonlar Kamoliddin Murzoev va Jahongir Abdumo'minov tomonidan kiritilgan to'plar evaziga g'olib bo'lishgandi – 2:0. Navoiyda esa “Qizilqum” yutgan. Andrey Derkach, Bahriddin Vahobov va Sarvar Xolmatovning urgan gollariga Diyor Turopov javob bergandi – 3:1.

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
19.09.2015 Qizilqum - Olmaliq 3:1
12.09.2014 Qizilqum - Olmaliq 3:2
03.11.2013 Qizilqum - Olmaliq 4:2
06.10.2012 Qizilqum - Olmaliq 2:1
27.06.2011 Qizilqum - Olmaliq 3:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qizilqum” o'z uyida o'tgan 8ta o'yinning 6tasida g'olib bo'lgan. 2009 yil bo'lib o'tgan o'yinda “Olmaliq” safarda g'alabaga erisha olgan. Yana bitta uchrashuvda durang qayd etilgan. So'nggi to'rt yilda “Qizilqum” o'z maydonida bu raqibni faqat mag'lub etgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика