So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Prevyu. "Qizilqum" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Navbahor"

Oliy liganing 13-turida "Navbahor" klubi Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi.
Qizilqum (Navoiy) – Navbahor (Namangan)
18 iyun 2015. Navoiy. “Yoshlar” stadioni. 19:30
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 30 bor kesishgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida. 11ta o'yinda namanganliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 8ta uchrashuvda “Qizilqum” g'olib bo'lgan. 11ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Navbahor” foydasiga. “Lochinlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 39ta gol kiritib o'z darvozalaridan 30 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Navbahor” 44 ochkoni, “Qizilqum” esa 35 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Navbahor” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi namanganliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi ushbu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:0ga teng.

2014 yil o'tgan mavsumda Navoiyda mezbonlar zafar quchishgandi. Navro'z Alimov, Akmal Rustamov, Ruslan Vagapovning gollariga Abdumalik Abdullaev javob bergandi – 3:1. Namanganda Mansur Saidov va Dilshod Jabborovning gollari “Navbahor”ga 3 ochko keltirgandi – 2:0.

“Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
01.06.2014 Qizilqum - Navbahor 3:1
14.04.2013 Qizilqum - Navbahor 0:1
21.11.2012 Qizilqum - Navbahor 1:1
16.04.2011 Qizilqum - Navbahor 0:0
08.05.2010 Qizilqum - Navbahor 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi “Qizilqum” maydonida o'tgan o'yinlarda 5 marta durang qayd etilgan. 6 marta “Qizilqum”, 4 marta “Navbahor” g'alaba qozongan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика