So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Prevyu. "Qizilqum" - "Dinamo" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Dinamo"

Navoiyning "Qizilqum" klubi o'z maydonida "Dinamo" klubini qabul qiladi.

Qizilqum (Navoiy) – Dinamo (Samarqand)
15 avgust 2015. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 18:30
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

Bu ikki klub oliy ligada 31 bora to'qnash kelgan. Ushbu o'yinlardan 12tasida navoiyliklar g'olib bo'lishgan. 9 o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” shu kunga qadar oliy ligada “Qizilqum”ni 10 marta mag'lubiyatga uchrata olgan.

“Dinamo” 43ta gol urgan va 40ta o'tkazib yuborgan. “Qizilqum” o'zaro o'yinlarda 45 ochko ishlab olgan. Samarqandliklarning ko'rsatkichi esa 39 ochko. “Qizilqum”ning oliy ligada “Dinamo” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 3:1 ni tashkil qiladi. “Dinamo”ning esa navoiyliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabsi – 6:1 ga teng.

Samarqandda o'tgan bahs dramatik yakun topgan. Otabek Zokirov va Nikolay CHipev tomonidan urilgan gollar evaziga “Dinamo” ikki to'p farqi bilan oldinda edi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Bahriddin Vahobov ikkita to'p kiritib “Qizilqum”ni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi – 2:2.

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
03.05.2014 Qizilqum - Dinamo 2:0
04.07.2013 Qizilqum - Dinamo 1:1
28.04.2012 Qizilqum - Dinamo 1:1
28.05.2011 Qizilqum - Dinamo 2:1
18.09.2010 Qizilqum - Dinamo 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qizilqum” o'z uyida 10 marta ushbu raqibni taslim qilgan. To'rtta bahsda durang qayd etilgan. “Dinamo” safardan faqat bir marta (2008 yil) g'alaba bilan qaytgan.  So'nggi olti uchrashuvda “Qizilqum” o'z uyida mag'lub bo'lmagan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика