Prevyu. "Paxtakor" uchun mavsum boshlanmoqda. "SHerlar" yo'lidagi ilk sinovdan qanday o'tadi?
04 fev 15:00
Yangiliklar
Prevyu. "Paxtakor" uchun mavsum boshlanmoqda. "SHerlar" yo'lidagi ilk sinovdan qanday o'tadi?
O'zaro o'yinlar tarixi
"Paxtakor" shu kunga qadar "Al Garafa" bilan 6 marotaba to'qnashuv kelgan va barcha uchrashuvlar Osiyo CHempionlar ligasi doirasida o'tkazilgan. Ikki jamoalar o'rtasidagi dastlabki bahs 2002 yilga to'g'ri keladi. OCHL 3-saralash raundida "Paxtakor" safarda 3:4 hisobida mag'lub bo'lgan. Toshkentda o'tkazilgan javob uchrashuvida esa "SHerlar" raqibni 3:0 hisobida dog'da qoldirishgan. Oradan 6 yil o'tgandan so'ng, jamoalar OCHL guruh bosqichida o'zaro to'qnash kelishgan. Dohada o'tkazilgan uchrashuvda 2:2 hisobli durang qayd etilgan bo'lsa, Toshkentda "Paxtakor" 2:0 hisobida zafar quchgan.
Klublarning beshinchi bahsi 2010 yilda o'tkazilgan. Nimchorak finalda "Paxtakor" Qatar jamoasiga kichik 0:1 hisobida mag'lub bo'ladi va musobaqani tark etadi. So'nggi bahs esa 2018 yil OCHL saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tgan. Dohada o'tkazilgan bahsda Qatar jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Uchrashuvdagi dastlabki golni niderlandiyalik mashhur futbolchi Uesli Sneyder penaltidan kiritgan edi.
Musobaqa jadvali
"Al Garafa" musobaqa jadvalida 10-o'rinni egallagan. Jamoa dastlabki olti bahsda, 1ta g'alaba va 1ta durang qayd etib, qolgan 4ta bahsda mag'lub bo'lgan. Doha klubi jami 4 ochko jamg'argan. Jamoa shu kunga qadar "Al Ayn", "Al Vasl", "Persepolis", "Istiqlol", "Al Nassr" va "Al Hilol" kabi jamoalar bilan to'qnash kelgan, raqiblar darvozasini 7 marotaba ishg'ol qilgan va o'z darvozasidan 14ta gol o'tkazib yuborgan.
"Paxtakor" esa musobaqa jadvalida raqibidan bir pog'ona yuqori, yani 9-o'rinni band etgan. "SHerlar" 4ta bahsda raqib murosa ko'chasini tanlagan bo'lsa, 2 uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. Jamoa shu kunga qadar "Al Vasl", "Al Ayn", "Persepolis", "Istiqlol", "Al SHorta" va "Al Rayyan" klublari bilan bahs olib bordi. Jamoa 6ta bahsda bor-yo'g'i 2ta gol kiritgan va o'z darvozasidan 4ta to'p olib chiqqan. Toshkent jamoasi bor-yo'g'i 2ta gol bilan musobaqada eng kam gol urgan jamoa bo'lib turibdi.
"Al Garafa" haqida
Qatarning "Al Garafa" klubi 1979 yil tashkil etilgan bo'lib, asli nomi "Al Ittihod" bo'lgan va 2004 yilga kelib, klub nomi "Al Garafa"ga o'zgartirilgan. Klub o'z uy uchrashuvlarini "Tani Bin Jassim" stadionida o'tkazadi. Jamoa 6 karra Qatar chempionati g'olibiga aylangan, Amir Kubogida 7 marotaba zafar quchgan va "SHayx Jassim" Kubogini ikki marotaba qo'lga kiritgan.
"Al Garafa" jamoasi o'tgan mavsumda Qatar Yulduzlar Ligasida bronza medalini qo'lga kiritdi va OCHL Elit Liga saralash bosqichida ishtirok etdi. Saralash bosqichida "Al Garafa" BAAning "SHabab Al Ahli" jamoasi bilan to'qnash keldi va 1:0 hisobida g'alaba qozongan holda, Elit Ligada ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoa joriy mavsumda Qatar Yulduzlar Ligasida 14ta uchrashuvda ishtirok etdi va 28 ochko bilan uchinchi o'rinni band etgan.
Mashhur Transfermarkt portaliga ko'ra, jamoaning jami transfer narxi 28,73 million evroga teng. Jamoa safida Xoselu, Rodrigo, Serxio Riko kabi Evropa top klublarida safida to'p tepgan futbolchilar bor. O'z vaqtida "Valensiya", "Lids Yunayted" va Ispaniya terma jamoasi safidagi yorqin o'yinlari bilan yodda qolgan. Futbolchi yangi mavsum startidan oldin "Al Rayyan"dan "Al Garafa" safiga ko'chib o'tdi.
Uzoq vaqt davomida "Sevilya" safida harakatlangan ispaniyalik darvozabon Serxio Riko ham ayni damda ushbu jamoa safida to'p tepmoqda. Riko 2020-2024 yillar davomida PSJ safida ham faoliyat yuritgan. Darvozabon 2023 yil yozida jiddiy jarohat oladi va 19 kun davomida koma holatida bo'ladi.
Faoliyatining asosiy qismini Ispaniya klublarida o'tkazgan Xoselu, o'tgan mavsumda "Real Madrid" sharafini himoya qildi. Xoselu "Real" safida 34ta uchrashuvda ishtirok etdi va 10ta gol urishga muvofiq bo'ldi. Evropa CHempionlar ligasi yarim finali "Bavariya"ga qarshi kechgan bahsda so'nggi daqiqalarda ikkita gol kiritib, "Qirollik klubini" final yo'llanmasini qo'lga kiritishga yordam beradi. Mavsum yakuniga ko'ra, Xoselu "Real" bilan shartnomani uzaytirmadi va "Al Garafa" safiga kelib qo'shildi.
SHuningdek, jamoa safida Yasim Braimi("Portu" safidagi o'yinlari bilan mashhur) va Islandiya terma jamoasi sardori Aron Gunnarsonlar to'p tepishadi.
1. Fabricio Diaz (Urugvay) - 5.5 mln evro.
2. Xoselu (Ispaniya) - 4.5 mln evro.
3. Rodrigo (Ispaniya) - 4.0 mln evro.
4. Yoxan Boli (Franciya) - 2.7 mln evro.
5. Yasin Braimi (Jazoir) - 2.5 mln evro.
Portugaliyalik mutaxassis Pedro Martinsh "Al Garafa"ni 2022 yildan buyon boshqarib kelmoqda. 54 yoshlik mutaxassis faoliyati davomida "Riu Ave", "Olimpiakos" va "Vitoriya Gimaraynsh" kabi jamoalarni boshqargan.
"Paxtakor"dagi o'zgarishlar
O'zbekiston chempionati tarixida eng ko'p marotaba chempionlikni qo'lga kiritgan jamoa o'tgan mavsumda qoniqarsiz natijalar qayd etdi. SHu sababli, mavsum yakunlanganidan so'ng jamoada katta o'zgarishlar ro'y berdi. Uch mavsum davomida "SHerlar"ga ustozlik qilgan Maksim SHackix o'z o'rnini portugaliyalik mutaxassis Pedru Moreyraga bo'shatib berdi. Qishqi transferlar oynasida "Paxtakor" ko'pgina transferlarga qo'l urdi va asosan legioner futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi. SHuningdek, jamoa Igor Sergeevni ortga qaytardi.
Jonatan Luis, Jonatan Lukka, Flamarion, Bashar Resan va Brayan Riaskos kabi xorijlik futbolchilar bilan kelishuvga erishdi. Ushbu futbolchilar bugungi uchrashuvda "Paxtakor" safidagi rasmiy debyut uchrashuvini o'tkazishi mumkin.
Transferlar oynasida "Paxtakor" asosan hujum chizig'iga etibor qaratdi va Flamarion, Bashar Resan, Brayan Riaskos va Igor Sergeev kabi hujumkor futbolchilarni o'z safiga qo'shib qoldi. SHuningdek, "SHerlar" braziliyalik darvozabon Jonatan Luis va yarim himoyachi Jonatan Lukkalar bilan kelishuvga erishdi, ammo o'tgan mavsumda jamoa uchun jiddiy muammolar tug'dirgan himoya chizig'i yangilanmadi, himoyachilar xarid qilinmadi. SHahzod Azmiddinov, Muhammadrasul Abdumajidov, Abdulla Abdullaev va Muhammadqodir Hamralievlar markaziy himoyachi poziciyasida o'ynay oladigan futbolchilar. Ushbu to'rt nafar futbolchidan biri jarohat olsa, jamoa markaziy himoya chizig'ida muammolarga duch kelishi mumkin.
Uchrashuv hakamlari
O'yinni Alirizo Fag'oni boshchiligidagi hakamlar biragadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Anton SHchetinin va Eshli Bicham yordam beradi, to'rtinchi hakam — Jonatan Barreyro.
Elit OCHL
Umumiy bosqich, 7-tur
"Al Garafa" - "Paxtakor"
Bosh hakam: Alirizo Fag'oni
Yordamchilar: Anton SHchetinin, Eshli Bicham
To'rtinchi hakam: Jonatan Barreyro
"VAR" hakami: SHon Evans
"VAR" hakami yordamchisi: Ben Abraxam
Abdulvosit Bektemirov
Fikrlar