So’nggi yangiliklar

00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 00:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус" (онлайн ҳисоб)  19 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

Prevyu. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912"

Oliy liganing ikkinchi turida "Qo'qon-1912" klubi Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'ladi.

Paxtakor (Toshkent) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
11 mart 2016. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 17:30
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), B. Baxromov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).
 
“Paxtakor” va “Qo'qon-1912” oliy ligada jami 20 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “sherlar”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkent klubi 12 marta g'olib bo'lgan, 3ta o'yinda durang qayd etilgan. Qo'qonliklar hisobida 5ta g'alaba mavjud. To'plar nisbatida ham “Paxtakor” oldinda - 59:33. O'zaro o'yinlarda “Paxtakor” 39, “Qo'qon-1912” 18 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Paxtakor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 7:1 ga teng. “Qo'qon-1912”da bu ko'rsatkich 4:2 bo'lib turibdi.

O'tgan yil birinchi davrada Qo'qonda 2:2 hisobi qayd etilgan. Igor Sergeev hisobni ochgan, bunga Nosir Otaqo'ziev va Bahodir Akramovning gollari bilan javob berilgan. Bahs so'nggida Anvar Soliev to'p kiritib “Paxtakor”ni mag'lubiyatdan saqlab qolgan edi – 2:2. Toshkentda Vladimir Kozak (2ta), Igor Sergeev va Kaxi Maxaradzening gollariga Otabek Haydarov javob bergandi _ 4:1.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
08.08.2015 Paxtakor - Qo'qon-1912 4:1
18.03.2003 Paxtakor - Qo'qon-1912 5:1
30.08.2002 Paxtakor - Qo'qon-1912 5:0
26.08.2000 Paxtakor - Qo'qon-1912 7:1
09.10.1999 Paxtakor - Qo'qon-1912 3:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalarning Toshkentda o'tgan o'yinlarida “Paxtakor” 9 bor zafar quchgan. “Qo'qon--1912” faqat bir marta (1994 yil) safardan g'alaba bilan qaytgan.  “SHerlar” o'z maydonlaridagi oxirgi 4ta o'yinda bu jamoa darvozasiga kamida 4tadan gol urishgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика