So’nggi yangiliklar

15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  3 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  1 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  1 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1

Prevyu. "Paxtakor" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "Qizilqum"

Toshkentning "Paxtakor" klubi bugun Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi.

Paxtakor (Toshkent) - Qizilqum (Navoiy)
21 avgust 2015. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
PFL vakili: A. Xudoydotov.

“Qizilqum” va “Paxtakor” oliy ligada 31 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Paxtakor”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. “SHerlar” o'zaro o'yinlarda 26 marta g'alaba qozonishgan. 4ta bahsda durang qayd etilgan. “Qizilqum” faqat bir marta “Paxtakor”ni taslim qila olgan. To'plar nisbatida ham ustunlik “sherlar”da 85:17. “Paxtakor” o'zaro o'yinlarda 82 ochkoga ega bo'lgan, “Qizilqum” o'z hisobiga 7 ochko yozib qo'ya olgan. Toshkent klubining “Qizilqum” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 11:0ga teng bo'lsa, “Qizilqum”da bu ko'rsatkich 2:1ga teng.

Birinchi davrada Navoiyda kechgan uchrashuvda toshkentliklar ikkinchi bo'limdagi gollar evaziga g'olib bo'lishgandi. Stanislav Andreev va Aleksandr Merzlyakov “Qizilqum” darvozasiga gol urishgandi – 0:2.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
29.03.2014 Paxtakor - Qizilqum 1:0
14.09.2013 Paxtakor - Qizilqum 1:0
21.05.2012 Paxtakor - Qizilqum 4:0
05.03.2011 Paxtakor - Qizilqum 2:0
13.06.2010 Paxtakor - Qizilqum 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Paxtakor” o'z maydonida ushbu raqibni 12 marta mag'lub etgan. 2ta bahsda esa durang qayd etilgan. “Qizilqum” safarda faqat bir marta (2001 yil) g'olib bo'lgan.  “Paxtakor” o'z uyida oxirgi 5ta o'yinda umuman gol o'tkazmagan.
 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика