So’nggi yangiliklar

14:22Ғалабасиз мавсум  5 13:54Аҳмедов "Навбаҳор"дан кетди: унинг янги жамоаси маълум  11 13:32"Манчестер Юнайтед" "Борнмут" ярим ҳимоячисини шорт-листга қўшди  0 13:03Рэшфорд кейинги режалари билан ўртоқлашди  0 12:34Расман: "Сўғдиёна" сербиялик дарвозабон трансферини эълон қилди  5 12:06Халқаро спорт тадқиқотлари маркази Ўзбекистон Суперлигасининг энг қиммат футболчилари рўйхатини эълон қилди  3 11:42Футзал бўйича Олий лига 7-тур учрашувлари қаерда ўтказилиши маълум  0 11:11U-23 Осиё чемпионати-2018. Тор-мор этилган грандлар, Японияга ёрдам беролмаган Хави Алонсо, самолётдаги раққосалар ҳамда "қор жанги"да қўлга киритилган тарихий чемпионликни ёдга оламиз  5 10:48Юнус Али: “Жуда қийин ўйин бўлди”  1 10:20Бензема сурат учун 10 миллион евро тўлади  10 09:52Sofascore. Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:24Самандар Мавлонқулов фаолиятини пойтахтда давом эттиради  0 08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  6 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  2

Prevyu. "Paxtakor" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "Navbahor"

Teglar :  PaxtakorNavbahor
Oliy liganing 8-turida "Paxtakor" klubi o'z uyida "Navbahor"ni qabul qiladi.
Paxtakor (Toshkent) – Navbahor (Namangan)
7 may 18:00. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:00
Hakamlar
: O. Tolibjonov (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy ligada 48 bor kesishgan. Ustunlik “Paxtakor” tomonida. 31 ta o'yinda “sherlar”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 11 ta uchrashuvda “lochinlar” g'olib bo'lishgan. Olti uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga. “SHerlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 82 ta gol kiritib o'z darvozalaridan 36 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 99 ochkoni, “Navbahor” esa 39 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor” oliy ligada “Navbahor” ustidan 7:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi toshkentliklarning eng yirik hisobidir. “Navbahor”ning o'zaro o'yinlardagi “sherlar” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.

2015 yildagi o'yinlarning ikkalasida ham “Paxtakor” zafar quchgan. Toshkentdagi bahsda Stanislav Andreev tomonidan urilgan gol “sherlar”ga g'alaba keltirgan – 1:0. Namangandagi uchrashuvda esa Kaxi Maxaradze to'p kiritib “Paxtakor”ning g'alabasini taminlagandi – 1:0.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
01.05.2015  Paxtakor – Navbahor  1:0
20.05.2014  Paxtakor – Navbahor  2:1
03.03.2013  Paxtakor – Navbahor  2:0
21.06.2012  Paxtakor – Navbahor  2:1
15.05.2011  Paxtakor – Navbahor  2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Paxtakor” o'z uyida 18 yildan buyon bu raqibni uzluksiz ravishda mag'lub etib kelmoqda. “Navbahor” oxirgi marta 1997 yilda Toshkentda “Paxtakor”ga yutqazmagan (2:2). “Lochinlar” “sherlar”ni safarda 1995 yilda mag'lub etishgan – 2:1.
 
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика