So’nggi yangiliklar

17:00"Дибба" — "Ал Васл". Таркиблар маълум  0 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  0 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  1 15:43"Милан" — "Верона". Таркиблар маълум  0 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  5 14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  9 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:21Расман: Расул Йўлдошев — "Динамо" футболчиси  5 10:48"Астон Вилла"нинг муҳим футболчилари "Арсенал"га қарши ўйнамайди  7

Prevyu. "Paxtakor" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "Navbahor"

Toshkentda "Paxtakor" klubi Namanganning "Navbahor" klubini qabul qiladi.
Paxtakor (Toshkent) – Navbahor (Namangan)
1 may 2015. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:30
Hakamlar: 
V. Serazetdinov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), A. Muminov (Toshkent  vil.)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy ligada 46 bor kesishgan. Ustunlik “Paxtakor” tomonida. 29 ta o'yinda “sherlar”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 11 ta uchrashuvda “lochinlar” g'olib bo'lishgan. Olti uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga. “SHerlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 80 ta gol kiritib o'z darvozalaridan 36 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 93 ochkoni, “Navbahor” esa 39 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor” oliy ligada “Navbahor” ustidan 7:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi toshkentliklarning eng yirik hisobidir. “Navbahor”ning o'zaro o'yinlardagi “sherlar” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.

2014 yildagi o'yinlarning ikkalasida ham “Paxtakor” zafar quchgan. Toshkentda Igor Sergeev va Boyan Miladinovichning gollariga Baxtiyor Yoqubov javob bergan – 2:1. Namangandagi uchrashuvda ham Miladinovich so'nggi daqiqalarda penaltidan gol urgan va “Paxtakor”ga g'alaba keltirgan – 0:1.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
20.05.2014  Paxtakor – Navbahor  2:1
03.03.2013  Paxtakor – Navbahor  2:0
21.06.2012  Paxtakor – Navbahor  2:1
15.05.2011  Paxtakor – Navbahor  2:1
21.10.2010  Paxtakor – Navbahor  3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Paxtakor” o'z uyida 17 yildan buyon bu raqibni uzluksiz ravishda mag'lub etib kelmoqda. “Navbahor” oxirgi marta 1997 yilda Toshkentda “Paxtakor”ga yutqazmagan (2:2). “Lochinlar” “sherlar”ni safarda 1995 yilda mag'lub etishgan – 2:1.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика