Prevyu. "Paxtakor" - "Buxoro"
03 apr 2015 09:32
Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "Buxoro"
O'zbekiston chempioni Toshkentning "Paxtakor" klubi o'z maydonida "Buxoro"ga qarshi o'ynaydi.
PAXTAKOR – BUXORO
3 aprel 2015. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 18:00
Hakamlar: M.Muxamedov, T.Gaynulin, S.SHoyusupov, D.Muxtorov.
Nazoratchi: R.Serazetdinov.
“Paxtakor” hamda “Buxoro” oliy ligada 44 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 31tasida “Paxtakor” g'olib bo'lgan, 7ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Buxoro” hozirga qadar “Paxtakor”ni 6 marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga 97:31 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'yinlarda “sherlar” 100 ochkoni, “Buxoro” esa 25 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Paxtakor”ning “Buxoro” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 8:0ga teng. “Buxoro”ning ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.
O'tgan yil Buxoroda kechgan o'yinda hisob ochilmagandi – 0:0. Ikkinchi davrada Toshkentda kechgan uchrashuvda “sherlar” 4:0 hisobida zafar quchishgan. Mehmonlar darvozasiga Jamshid Iskanderov, Vladimir Kozak, Igor Sergeev hamda Bahodir Pardaev gol urishgan.
Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
29.10.2014 Paxtakor - Buxoro 4:0
04.08.2013 Paxtakor - Buxoro 2:1
21.11.2012 Paxtakor - Buxoro 4:1
14.04.2011 Paxtakor - Buxoro 1:0
01.03.2009 Paxtakor - Buxoro 3:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” o'z tarixida bir marta Toshkentda “Paxtakor”ni mag'lub etgan (1996 yil). SHundan so'ng bo'lib o'tgan 17ta o'yinda “sherlar” o'z maydonlarida bu raqibni taslim etib kelishmoqda. “Buxoro” Toshkentdagi o'yinlarda bir marta durang o'ynagan va 18 bora mag'lub bo'lgan.

Fikrlar