So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

Prevyu: O'zbekiston Kubogi-2017. “Nasaf” - “Lokomotiv” Yangiliklar

Prevyu: O'zbekiston Kubogi-2017. “Nasaf” - “Lokomotiv”

O'zbekiston Kubogi-2017 yarim finali javob uchrashuvlari shu haftaning 6-7 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.

“Ajdarlar”  7 oktyabr shanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda “Lokomotiv” jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.


O'zbekiston Kubogi-2017. Yarim final javob uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Lokomotiv” (Toshkent)
07.10.2017. “Markaziy” stadion. 18:00
Bosh hakam:
Vladislav Ceytlin (Toshkent)
Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po'latov (Toshkent)
Zaxira hakami: Isxax Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)
Dastlabki uchrashuv – 1:3.

Esingizda bo'lsa, FIFA hakami Vladislav Ceytlin mazkur jamoalar o'rtasidagi Samarqandda bo'lib o'tgan 2016 yilgi final uchrashuvini ham boshqargan edi.
 
O'zbekiston kubogi yarim finalida “Nasaf” bungacha etti marta ishtirok etgan. SHularning oltitasida g'olib bo'lib, finalga yo'l olgan.

Bu yilgi yarim final jamoamiz ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z shogirdlarini oltinchi marta yarim final uchrashuvlarida maydonga boshlab tushmoqda.

2003 yilda jamoamiz "Navbahor" bilan yarim finalda kuch sinashgan va dastlab finalga chiqqan. 2011 yili “Nasaf” yarim finalda “Bunyodkor”ni, 2012 yil “Buxoro”ni, 2013 yil “Paxtakor”ni mag'lub etib, finalga yo'l olgan edi. 2014 yili ham qarshilik futbolchilar kubok yarim finalida ishtirok etishgan ammo, ikki o'yin natijasiga ko'ra “Bunyodkor” (0:1, 1:1), finalga yo'l olgandi. 2015 yili “Lokomotiv” bilan yarim finalda tuqnash kelgan va jamoamiz (2:0, 0:1) mag'lub etib finalga yo'l olgan edi 2016 yili o'zingizga malum, “Nasaf” yarim finalda “Buxoro”ni mag'lub etib (2:0, 2:1) finalga chiqqan.

Bu yil “Nasaf” kubok yarim finalida ikkinchi marta “Lokomotiv” bilan tuqnash kelmoqda.

Xabaringiz bor, ushbu jamoalar o'rtasidagi yarim finalning dastlabki uchrashuvi 2 avgust kuni Toshkentda bo'lib o'tgan. Unda jamoamiz 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. Uchrashuvdagi gollarni Marat Bikmaev (2), Murod Bobojonov va Dragan CHeranlar kiritishgan. Uchrashuvdagi jamoamiz tomonidan kiritilgan yagona gol bizni finalga yo'l olishimizga ishonch bag'ishlab turibdi. Ishonamizki, yarim final javob uchrashuvida, muxlislarimiz ko'z oldida to'p tepadigan futbolchilarimiz, final yo'llanmasi uchun bor mahoratlari va kuchlarini ishga solishadi.

Qiziqarli faktlardan biri, hozirgi paytda jamoamiz sharafini himoya qilayotgan tajribali yarim himoyachimiz Jasur Hasanov 2015 yilgi yarim final uchrashuvlarida “Lokomotiv” safida maydonga tushgan.

O'zingizga malum, “Lokomotiv” jamoasi safida to'p tepayotgan SHuhrat Muhammadiev, 2015 yilgi yarim final uchrashvilarida “Nasaf” tarkibida maydonga tushgan. Hatto u Qarshida bo'lgan dastlabki uchrashuvning eng yaxshisi ham bo'lgan.

“Nasaf” – “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi har qanday bahs qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tadi. SHu bois bu ikkala jamoa o'rtasidagi uchrashuvlarni tomosha qilish  futbol ishqibozlariga ham katta zavq beradi.

SHunday ekan 7 oktyabr shanba kuni muxlislarni “Markaziy” stadionda kutib qolamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика