So’nggi yangiliklar

11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  0 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  14 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  30 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  6 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  170 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  2 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1

Prevyu. "Olmaliq" – "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Olmaliq" – "Metallurg"

Bu jamoalar shu kunga qadar o'zaro 14 marta kuch sinashishgan.
Natijalar “Olmaliq”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Olmaliqliklar 14 bahsning 7tasida g'alaba qozonishgan. 6 uchrashuvda “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. Bitta o'yinda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati ham tabiiyki “Olmaliq” foydasiga 30-27. O'zaro o'inlarda “Olmaliq” 22 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Metallurg” 19 ochkoga ega bo'lgan.

“Olmaliq”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:1. “Metallurg”ning “Olmaliq” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 4:3 ni tashkil etadi.

O'tgan yil qaysi jamoa o'z uyida o'ynagan bo'lsa o'sha jamoa 3:2 hisobida zafar quchgan. Olmaliqda mezbonlar safida Dilyaver Abibullaev, SHerzod Hakimov, Diyor Turopov, mehmonlar tarkibida SHahzodbek Nurmatov va Sunnatilla Mamadaliev gol urgandi – 3:2. Bekobodda SHuxrat Yuldashev, Aleksandr Kovalev, Zohid Abdullaevning gollariga Zafar Polvonov va Obid Jo'raboev javob bergandi – 3:2.

Olmaliqda o'tgan barcha uchrashuvlar:
30.05.2014 Olmaliq - Metallurg 3:2
25.08.2013 Olmaliq - Metallurg 2:1
20.05.2012 Olmaliq - Metallurg 3:2
12.05.2011 Olmaliq - Metallurg 4:1
25.09.2010 Olmaliq - Metallurg 3:2
07.03.2009 Olmaliq - Metallurg 2:1
29.03.2008 Olmaliq - Metallurg 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Olmaliq” o'z uyida bu raqibga qarshi bo'lib o'tgan o'yinlarda faqat g'alaba qozongan. Etti o'yinning faqat bittasiga yirik hisob qayd etilgan. “Metallurg” safarda bu jamoa darvozasiga faqat bitta uchrashuvda gol ura olmagan.

Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика