So’nggi yangiliklar

10:40АПЛнинг сўнгги ўрнидаги жамоани мағлуб этолмаган Аморим нималар деди?  1 10:06Европанинг ТОП клубларига "Ал Ҳилол" футболчиси кeрак  0 09:38Роналду кечаги учрашувдан сўнг қисқа фикр билдирди  2 09:10Келаси мавсум Суперлига икки жамоасининг фарм клуби Пролигада иштирок этиши мумкин  3 08:42"Бухоро" директори ўз лавозимида қолади  3 08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  5 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  38 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  5 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  8 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  1 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  2 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  6

Prevyu. “Neftchi” – “Olmaliq” Yangiliklar

Prevyu. “Neftchi” – “Olmaliq”

Teglar :  NeftchiOlmaliq
Oliy liganing 8-turida Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'z maydonida Toshkent viloyatining “Olmaliq” klubini qabul qiladi.

Quyida mazkur jamoalarning o'zaro o'yinlariga doir malumotlarni taqdim etamiz.

“Neftchi” va “Olmaliq” oliy ligada 18 marta to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 10 tasida farg'onaliklar g'olib bo'lishgan. 3ta o'yin durang hisobida yakunlangan, “Olmaliq” hisobida 5ta g'alaba mavjud.

“Neftchi” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Olmaliq” darvozasiga 35ta to'p kiritgan, Toshkent viloyati klubi esa “Neftchi” darvozasiga 20 ta gol urgan. “Olmaliq”  o'zaro o'yinlarda 18 ochko ishlab olgan bo'lsa, “Neftchi” 33 ochkoni qo'lga kiritgan. “Neftchi”ning oliy ligada “Olmaliq” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 4:0 ni tashkil qiladi. “Olmaliq”ning yirik g'alabasi esa 3:0.



O'tgan mavsumda Olmaliq va Farg'onada bo'lib o'tgan bellashuvlarda maydon egalari g'alaba qozonishgan edi. “Neftchi”ning safardagi mag'lubiyatiga Ro'zimboy Ahmedov, Yaroslav Martinyuk hamda  Doniyor Ismoilovlar tomonidan kiritilgan gollar sabab bo'lgan bo'lsa, Farg'onada SHerzod Hakimovning dubli va Sardor Rahmonovning penaltidan urgan goli Andrey Fyodorov jamoasiga g'alaba keltirgan.

Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh o'yin natijasi quyidagicha yakunlangan:

27.09.2016 Neftchi – Olmaliq 3:1
07.06.2015 Neftchi – Olmaliq 3:1
16.05.2014 Neftchi – Olmaliq 2:1
14.09.2013 Neftchi – Olmaliq 4:0
21.11.2012 Neftchi – Olmaliq 4:2


Mazkur jamoalarning 19-raqobatiga Farg'ona shahri mezbonlik qiladi. Uchrashuv 29 aprel kuni  “Istiqlol” stadionida soat 17:00da start oladi. Yoshlar ligasi doirasidagi o'yin esa 16:30ga belgilangan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика