Prevyu. "Neftchi" - "Nasaf".
23 may 2015 08:30
Yangiliklar
Neftchi (Farg'ona) – Nasaf (Qarshi)
23 may. 18:00.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: G. Karimov (Toshkent).
“Neftchi” hamda “Nasaf” klublari oliy ligada shu kungacha 36 bor kuch sinashishgan. “Neftchi” 15ta o'yinda g'alaba qozongan. 13ta uchrashuvda “Nasaf”ning qo'li baland kelgan. 8ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida tenglik: 46:46. “Neftchi” 53 ochkoga ega bo'lgan, “Nasaf” esa 47 ochkoni qo'lga kiritgan. “Neftchi”ning “Nasaf” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 4:0ga teng bo'lsa, “Nasaf”ning farg'onaliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 4:1.
2014 yil dastlabki davrada “Nasaf” o'z maydonidagi bahsda g'olib chiqqan. Dastlab farg'onaliklar vakili Ruslan Melziddinov hisobni ochgandi. Bunga Ilhom SHomurodov va Artur Gevorkyan tomonidan urilgan gollar “ajdarlar”ga g'alaba keltirgan – 2:1. Farg'onada ham “ajdarlar” zafar quchishgan. Azamat Allaniyozovning ikkinchi bo'lim boshidagi goli “Nasaf”ga 3 ochko keltirgan – 0:1.
Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
27.08.2014 Neftchi - Nasaf 0:1
20.04.2013 Neftchi - Nasaf 1:1
28.10.2012 Neftchi - Nasaf 0:0
09.10.2011 Neftchi - Nasaf 1:1
21.10.2010 Neftchi - Nasaf 1:2
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z uyida bo'lib o'tgan 18ta o'yinning 9tasida g'alabaga erishgan. Etti o'yin durang bilan tugagan. “Nasaf” ikki marta Farg'onadan uch ochko bilan qayta olgan (2010 va 2014 yillar). Vodiyda o'tgan oxirgi beshta bahsda “Neftchi” bu raqibni yuta olmagan.
Narzulla Saydullaev tayyorladi

Fikrlar