PREVYU. "Neftchi" - "Andijon"
07 noy 2014 09:30
Yangiliklar

PREVYU. "Neftchi" - "Andijon"
2014 yildagi so'nggi vodiy derbisi Qo'qonda "Neftchi" va "Andijon" o'rtasida kechadi.
Neftchi – Andijon
7 noyabr 2014. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 14:00
Hakamlar: R.Bobomurodov, O.Abduvasilov, N.Ro'zimov, A.Rubakov.
Nazoratchi: I.Mustafin.
“Neftchi” va “Andijon” oliy ligada 41 bor kuch sinashishgan. Katta ustunlik “Neftchi” tomonida. 30ta o'yinda “Neftchi” raqibni mag'lub etgan. Olti o'yinda “burgutlar”ning qo'li baland kelgan. Yana besh uchrashuvda durang natija qayd etilgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 85 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “Andijon” esa 35 marta gol ura olgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 95 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, andijonliklar hisobida 23 ochko mavjud. “Neftchi”ning “Andijon” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 7:1. “Burgutlar”ning eng yirik g'alabasi esa - 2:0.
Dastlabki davrada Andijonda tashkil etilgan uchrashuvda mehmonlar g'alaba qozonishgan. Dastlab “burgutlar” vakili Bahrom Abdurahimov hisobni ochgandi. Ikkinchi bo'limda Murod Bobojonov dublga erishgan, Aleksandru Onika esa bitta gol muallifiga aylangandi – 1:3.
Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
27.09.2012 Neftchi - Andijon 2:0
29.05.2011 Neftchi - Andijon 3:0
01.08.2010 Neftchi - Andijon 1:1
10.05.2009 Neftchi - Andijon 2:0
20.09.2008 Neftchi - Andijon 2:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z maydonida bo'lib o'tgan 20ta uchrashuvdan 19tasida “Andijon”ni mag'lub etgan. “Burgutlar” Farg'onadan faqat bir bor (2010 yil) durang bilan qayta olishgan.

Fikrlar