Prevyu. "Navbahor" - "Qo'qon-1912"
21 okt 2015 09:21
Yangiliklar
Prevyu. "Navbahor" - "Qo'qon-1912"
Navbahor (Namangan) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
21 oktyabr 2015. Namangan. “Markaziy” stadioni. 16:00
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
“Navbahor” hamda “Qo'qon-1912” klublari oliy ligada shu kungacha 19 bor kuch sinashishgan. “Navbahor” 13ta o'yinda g'alaba qozongan. 4ta uchrashuvda “Qo'qon-1912”ning qo'li baland kelgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “lochinlar” tomonida: 41:21. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 41 ochkoga ega bo'lgan, “Qo'qon-1912” esa 14 ochkoni qo'lga kiritgan. “Lochinlar”ning “Qo'qon-1912” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 5:1ga teng bo'lsa, qo'qonliklarning eng yirik g'alabasi – 3:2.
Dastlabki davradagi o'yinda Sergey Georgievning urgan goli "Navbahor"ga safarda g'alaba keltirgandi - 0:1.
“Navbahor” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
11.06.2003 Navbahor - Qo'qon-1912 5:1
06.04.2002 Navbahor - Qo'qon-1912 2:0
26.06.2000 Navbahor - Qo'qon-1912 5:4
23.10.1999 Navbahor - Qo'qon-1912 2:1
23.09.1998 Navbahor - Qo'qon-1912 4:2
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” o'z maydonida o'tkazgan 9ta o'yinning barchasida g'olib chiqqan. "Qo'qon-1912" ushbu jamoa maydonidan umuman ochko ololmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar