So’nggi yangiliklar

08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  13 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  17 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  135 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0

Prevyu. "Navbahor" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Paxtakor"

Namangandagi yangi stadionda "Navbahor" va "Paxtakor" to'qnashuvi bo'lib o'tadi.
NAVBAHOR – PAXTAKOR
2 oktyabr 2014 yil. Namangan. "Navbahor" stadioni. 18:00
Hakamlar:
V.Kovalenko, M.Saidqosimov, R.Serazetdinov, A.Mo'minov.
Nazoratchi: V.Valickiy.
 
Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 45 bor kesishgan. Ustunlik “Paxtakor” tomonida. 28 ta o'yinda “sherlar”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 11 ta uchrashuvda “lochinlar” g'olib bo'lishgan. Olti uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga. “SHerlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 79ta to'p kiritib o'z darvozalaridan 36 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 90 ochkoni, “Navbahor” esa 39 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor” oliy ligada “Navbahor” ustidan 7:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi toshkentliklarning eng yirik hisobidir. “Navbahor”ning o'zaro o'yinlardagi “sherlar” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.

Dastlabki davraning 9-turidan o'rin olgan Toshkentdagi o'yinda mezbonlar zafar quchishgan. Igor Sergeevning tezkor goliga mehmonlar vakili Baxtiyor Yoqubov javob bergandi. Uchrashuv taqdirini 90+4-daqiqada Boyan Miladinovich tomonidan penaltidan urilgan gol hal qilgandi - 2:1.

“Navbahor” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
08.11.2013 Navbahor - Paxtakor 2:2
18.08.2012 Navbahor - Paxtakor 0:1
14.10.2011 Navbahor - Paxtakor 2:0
04.04.2010 Navbahor - Paxtakor 0:1
12.04.2009 Navbahor - Paxtakor 1:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” o'z uyida ushbu raqibni 10 marta mag'lub etgan. 8ta uchrashuvda “sherlar” vodiydan g'alaba bilan qaytishgan. Qolgan 4ta bahsda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan.  Oxirgi ikki yilda “Navbahor” o'z maydonida g'alaba qozona olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика