So’nggi yangiliklar

10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  1 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  1 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  13 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  7 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  11 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  14 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  10 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  76 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3

Prevyu. "Navbahor" - "Olmaliq" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Olmaliq"

"Navbahor" bugun o'z maydonida "Olmaliq"ni qabul qiladi.
NAVBAHOR – OLMALIQ

23 may. 19:00.

Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), R. Kopadze (Farg'ona)

Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).


Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 14 bor kesishgan. Ustunlik “Olmaliq” tomonida. 7ta o'yinda “Olmaliq”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 5ta uchrashuvda “Navbahor” g'olib chiqqan. Yana 2ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbatida esa tenglik – 19:19. O'zaro o'yinlarda “Olmaliq” 23 ochkoni, “Navbahor” esa 17 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Olmaliq” oliy ligada “Navbahor” ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi Igor SHkvirin shogirdlarining eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Navbahor”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:0ga teng.

2014 yilda qaysi jamoa o'z maydonida o'ynasa o'sha yutgan. Namanganda SHaxboz Erkinov (2ta) va Baxtiyor Yoqubovning gollariga mehmonlar safida SHerzod Hakimov javob bergandi – 3:1. Qizig'i Olmaliqda ham xuddi shu hisob qayd etilgan. Azamat Isroilov va Sanjar SHoahmedov (2ta) mezbonlardan, SHaxboz Erkinov mehmonlardan to'p kiritishgandi – 3:1.

“Navbahor” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

14.06.2014 Navbahor - Olmaliq 3:1
28.09.2013 Navbahor - Olmaliq 1:3
22.09.2012 Navbahor - Olmaliq 3:1
23.04.2011 Navbahor - Olmaliq 0:1
01.08.2010 Navbahor - Olmaliq 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Safarda bo'lib o'tgan 7ta o'yinning uchtasida “Olmaliq”, uchtasida “Navbahor” g'alabaga erishgan. Bitta o'yinda durang qayd etilgan. Oxirgi besh yilda “Olmaliq” safarda bu raqib darvozasiga kamida bitta gol urib kelmoqda.

Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика