So’nggi yangiliklar

14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  0 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  0 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  0 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  0 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  7 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  5 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  1 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  5 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  2 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  8 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  15

Prevyu. "Navbahor" - "Nasaf" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Nasaf"

Oliy liganing 8-turida Qarshining "Nasaf" klubi "Navbahor" mehmoni bo'ladi.
Navbahor (Namangan) – Nasaf (Qarshi)
10 may 2015. Namangan. “Markaziy” stadioni. 18:00
Hakamlar
: H. Ro'ziev (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 36 bor kesishgan. Ustunlik “Nasaf” tomonida. 19ta o'yinda qarshiliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 10ta uchrashuvda “Navbahor” g'olib bo'lgan. Etti uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Nasaf” foydasiga. “Ajdarlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 57ta gol kiritib o'z darvozalaridan 55 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Ajdarlar” 64 ochkoni, “Navbahor” esa 37 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Navbahor” oliy ligada “Nasaf” ustidan 6:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi namanganliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Nasaf”ning o'zaro o'yinlardagi bu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 5:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil qaysi jamoa o'z uyida o'ynasa o'sha g'alaba qozongan. Kosonsoyda Alisher Mahmudovning goli “Navbahor”ga g'alaba keltirgan – 1:0. “Nasaf” maydonida esa Artur Gevorkyan 88-daqiqada penaltidan gol urib “ajdarlar”ning g'alabasini taminlagandi – 1:0.

“Navbahor” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
06.04.2014  Navbahor - Nasaf 1:0
30.03.2013  Navbahor - Nasaf 1:2
03.09.2012  Navbahor - Nasaf 1:2
19.05.2011  Navbahor - Nasaf 1:1
02.05.2010  Navbahor - Nasaf 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” oliy ligada o'z maydonida 8ta o'yinda “Nasaf”ni mag'lub etgan. Olti uchrashuvda durang qayd etilgan. 4ta bahsda “ajdarlar” vodiydan g'alaba bilan qaytishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика