So’nggi yangiliklar

14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  0 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  3 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3

Prevyu. "Navbahor" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Metallurg"

Teglar :  MetallurgNavbahor
Bekobodning "Metallurg" klubi bu turni Namanganda "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi.

Navbahor (Namangan) – Metallurg (Bekobad)
21 iyun 2016. Namangan. "Markaziy" stadion. 19:00
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), A. Abdurahmonov (Andijon), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Mametov.

“Navbahor” va “Metallurg” klublari oliy ligada shu kungacha 36 bor kuch sinashishgan. “Navbahor” 18ta o'yinda g'alaba qozongan. 9ta uchrashuvda “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda 9 marta durang qayd etilgan. To'plar nisbatida katta ustunlik “Navbahor” tomonida: 59:38. “Lochinlar” o'zaro o'yinlarda 63 ochkoga ega bo'lishgan, “Metallurg” esa 36 ochkoni qo'lga kiritgan. “Navbahor”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 7:0ga teng bo'lsa, “Metallurg”ning namanganliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 3:0.

2015 yil birinchi davradagi bahsda durang qayd etilgan. Mezbonlar safida Azimjon Ahmedov va Dilshod Jabborov gol urishgan, mehmonlar tarkibida Alisher Ziyovuddinov hamda Dilmurod Karimov to'p kiritishgan – 2:2.

Bekobodda esa “Navbahor” zafar quchgan. SHahzodbek Nurmatov ikkita to'p kiritgan, namanganliklar safida Qahramon Mahamadjonov, Dilshod Jabborov va SHahboz Erkinov o'zlarini ko'rsatishgandi – 2:3.

“Navbahor” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

20.03.2015 Navbahor - Metallurg 2:2
27.08.2013 Navbahor - Metallurg 4:2
04.07.2013 Navbahor - Metallurg 2:1
06.10.2012 Navbahor - Metallurg 1:0
05.03.2011 Navbahor - Metallurg 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt:
“Navbahor” o'z maydonida ushbu raqibga umuman mag'lub bo'lmagan. 18ta o'yinning 15tasida maydon egalari zafar quchishgan. 3ta o'yin durang bilan tugagan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика