Prevyu. "Navbahor" - "Mashal"
14 mar 2015 09:06
Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Mashal"
Muborakning "Mashal" klubi yangi mavsumni safarda "Navbahor"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
Navbahor – Mashal
14 mart 2015. Namangan. "Markaziy" stadion. 16:00
Hakamlar: V.Ceytlin, X.SHodmonov, T.Gaynulin, R.Kopadze
Nazoratchi: S.Ermatov.
“Navbahor” va “Mashal” oliy ligada jami 28 bora to'qnash kelishgan. Natijalar tenglikni ko'rsatmoqda. Ikki jamoa 11tadan o'yinda zafar quchishgan, 6ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida esa “Navbahor” oldinda - 38:32. O'zaro o'yinlarda “Navbahor” 39, “Mashal” 39 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Navbahor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 8:0 ga teng. “Mashal”da bu ko'rsatkich 5:0 bo'lib turibdi.
O'tgan yil dastlabki davrada “Mashal” o'z uyida g'alabaga erishgandi. Zohir Qo'ziboev, Zafar To'raev va Mo'ydin Mamazulumovning urgan gollariga “lochinlar” himoyachisi Yuriy Rijko bir bor javob bergandi – 3:1. Vodiydagi uchrashuvda Mansur Saidov, Baxtiyor Yoqubov va SHaxboz Erkinovning gollari “Navbahor”ga yirik g'alaba keltirgan – 3:0.
Namanganda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.10.2014 Navbahor - Mashal 3:0
03.08.2012 Navbahor - Mashal 2:2
05.08.2011 Navbahor - Mashal 2:0
13.03.2010 Navbahor - Mashal 0:0
25.06.2009 Navbahor - Mashal 2:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalarning vodiyda o'tgan o'yinlarida “Navbahor” 9 bor zafar quchgan. Uch bor g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. “Mashal” hisobida 2ta g'alaba mavjud. So'nggi marta 2007 yili “Mashal” Namangandan g'alaba bilan qaytgan. SHundan keyin tashkil etilgan 6ta uchrashuvda “Navbahor” o'z uyida bu jamoaga yutqazmagan.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar