Prevyu. "Navbahor" - "Lokomotiv"
06 mar 2016 09:00
Yangiliklar
Prevyu. "Navbahor" - "Lokomotiv"
Navbahor (Namangan) – Lokomotiv (Toshkent)
6 mart 2016. Namangan. "Markaziy" stadioni. 16:00
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), V. Lushin (Guliston), O. To'ychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
“Navbahor” hamda “Lokomotiv” oliy ligada jami 22 bora to'qnash kelishgan. “Lokomotiv” 11 marta, “lochinlar” 7 marta g'olib chiqqan, 4ta bahsda durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Lokomotiv” foydasiga 35:32ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'yinlarda “Loko” 37, “Navbahor” 25 ochkoni qo'lga kiritishgan.
“Navbahor”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 6:2. “Temiryo'lchilar”ning o'zaro o'yinlarda namanganliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 5:1.
2015 yil Toshkentda o'tgan bahsda “Loko” yirik hisobda zafar quchgan. Katta Jasur Hasanov, Sanjar SHoahmedov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Marat Bikmaev (2ta) gollariga va SHahboz Erkinov javob bergandi – 5:1. Namanganda ham “temiryo'lchilar” g'alaba qozonishgan. Otabek Valijonov va Sanat SHixovning gollariga Toshkent klubi safida Temurxo'ja Abduxoliqov, Lutfulla To'raev va Mo'ydin Mamazulumov javob berishgandi – 2:3.
Namanganda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.11.2015 Navbahor - Lokomotiv 2:3
15.03.2014 Navbahor - Lokomotiv 0:1
03.04.2013 Navbahor - Lokomotiv 1:1
07.04.2012 Navbahor - Lokomotiv 0:2
25.09.2010 Navbahor - Lokomotiv 2:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” o'z maydonida bo'lib o'tgan 11ta o'yinning 6tasida g'olib chiqqan. Ikki marta g'olib aniqlanmagan bo'lsa, “Lokomotiv” safarda uch bor muvaffaqiyat qozongan. Oxirgi to'rt yilda “lochinlar” o'z uyida bu raqibni enga olishmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar