So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

Prevyu. “Navbahor” – “Buxoro” Yangiliklar

Prevyu. “Navbahor” – “Buxoro”

Superliga 26-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o'z maydonida “Buxoro” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur klublar Superliga (oliy liga) o'yinlarida 52 marta bir-birlariga qarshi maydonga tushishgan. Ushbu 52 ta bahsdan 28tasida "Navbahor" g'olib chiqqan bo'lsa, 16ta uchrashuvda buxoroliklar g'alaba qozonishgan. 8ta o'yinda esa tomonlar durangga imzo chekishgan.

"Navbahor" shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 97ta to'p kiritib, o'z darvozasidan 60 marta to'p olib chiqqan. Mazkur jamoalarning o'zaro bahslarida namanganliklar 92 ochkoni, “Buxoro” esa 56 ochkoni qo'lga kiritgan.

O'zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2001 yili kuzatilgan. O'sha yili Namanganda o'tkazilgan o'yinda “lochinlar” 6:1 hisobida g'alaba qozonishgan. Buxoroliklar esa 2009 yilgi mavsumda "lochinlar"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan.

Joriy mavsumda o'tkazilgan har 2 bahsda ham “lochinlar” zafar quchishgan.

Birinchi davrada Buxoroda o'tkazilgan o'yinda Mirzohid G'ofurovning yagona goli "Navbahor"ga 1:0 hisobidagi g'alabani tuhfa etgan bo'lsa, 2-davrada Namanganda o'tkazilgan uchrashuvda Jahongir Mehmonov va Darko Nikachning gollari evaziga “Navbahor” 2:0 hisobida zafar quchgan.  

“Buxoro” Namanganda o'tkazilgan so'nggi 5 uchrashuvning 1 tasida g'alaba qozonib, 4ta o'yinda mag'lubiyatga uchragan.

Namanganda bo'lib  o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
2014 yil  -  “Navbahor” -  “Buxoro” -   4:1
2015 yil  -  “Navbahor “ -  “Buxoro” -  3:1
201 6 yil -  “Navbahor “ -  “Buxoro “ –1:2
2017 yil  -  “Navbahor “ -  “Buxoro “ –1:0
2018 yil -  “Navbahor” -   “Buxoro” -   2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Namanganda bo'lib o'tgan 26ta bahsning 19tasida mezbonlar, 4tasida mehmonlar zafar quchishgan. Uchta uchrashuvda esa tomonlar durangga imzo chekishgan.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика