So’nggi yangiliklar

00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  2 23:20"Интер" — "Урава Ред Даймондс". Таркиблар маълум  6 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  16 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2

Prevyu. "Navbahor" - "Andijon" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Andijon"

Teglar :  NavbahorAndijon
Birinchi davraning oxirgi turidan o'rin olgan vodiy derbisida "Navbahor" va "Andijon" to'qnash keladi.

Navbahor (Namangan) – Andijon (Andijon)
1 iyul 2016. Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:00
Hakamlar
: Z. Qodirov (Navoiy), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

Vodiyning bu ikki klubi o'zaro 44 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Navbahor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Lochinlar” 23 o'yinda g'alaba qozonishgan, 12 uchrashuv durang bilan yakunlangan. “Andijon” hisobida 9ta g'alaba bor. To'p kiritish borasida ham ustunlik “Navbahor” tomonida – 69:45. O'zaro o'ynlarda “Navbahor” 81, “Andijon” esa 39 ochkolik bo'lgan.

“Navbahor”ning “burgutlar” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0. “Andijon”ning eng yirik g'alabasi esa – 5:1 bo'lib turibdi.

2015 yil dastlabki davrada Andijonda o'tgan uchrashuvda tomoshabinlar 5ta golning guvohi bo'lishgan edi. Mezbonlar safida Ibrohim Otaxonov va Predrag Vuyovich (2ta) gol urishgan, mehmonlardan Mo'ydin Mamazulumov va SHaxboz Erkinov to'p kiritishgandi - 3:2. Namanganda esa Azim Ahmedovning goli “lochinlar”ga g'alaba keltirgandi – 1:0.

Navbahor uyida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
01.10.2015 Navbahor – Andijon 1:0
16.05.2014 Navbahor – Andijon 3:0
25.06.2012 Navbahor – Andijon 1:0
09.04.2011 Navbahor – Andijon 1:1
05.06.2010 Navbahor – Andijon 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt:  “Andijon” o'z tarixida bugunga qadar safarda “Navbahor”ni umuman mag'lub eta olmagan! 17 marta "lochinlar" o'z maydonlarida zafar quchishgan. Yana 5ta uchrashuv durang bilan tugagan. So'nggi 3ta uchrashuvda “Navbahor” o'z uyida bu jamoadan gol o'tkazmagan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика