Prevyu. “Nasaf” – “Paxtakor”
21 noy 2019 11:52
Yangiliklar
“Nasaf” Coca-cola Superligasi 24-turida Superliga peshqadami Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi. “Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuvi 23 noyabr shanba kuni Qarshidagi “Markaziy” o'yingohida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 13:30 da boshlanadi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur jamoalar O'zbekiston chempionatida shu kungacha 45 bor kuch sinashishgan. Natijalar “sherlarning” ustunligini ko'rsatmoqda. Bo'lib o'tgan 9 uchrashuvda “Nasaf”, 26 o'yinda esa “Paxtakor” g'alabaga erishgan. 10 uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.
To'plar nisbati 39:68 ga teng. Ustunlik “Paxtakor” tarafida.
O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Paxtakor” 4:0, “Paxtakor” – “Nasaf” 4:0. Qarshiliklar so'nggi o'zaro uchrashuvni shu yilning 5 aprel kuni Toshkentda o'tkazgan. Bu uchrashuv 2:1 hisobida yakunlangan.

Qarshidagi o'zaro bahslarga oid
Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 22 bor kuch sinashishgan. 8 uchrashuvda “ajdarlar” g'alaba qozonishgan. 7 uchrashuvda durang qayd etilgan va 7 uchrashuvda “sherlar” g'alaba qozonishgan. Darvozalarga jami 46 ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati 26:20.

Etiboringizga Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.
11.05.2018 Nasaf – Paxtakor 2:3
19.11.2017 Nasaf – Paxtakor 4:0
19.08.2016 Nasaf – Paxtakor 2:1
04.11.2015 Nasaf – Paxtakor 0:1
01.06.2014 Nasaf – Paxtakor 1:1
|
Nasaf Oybek Bozorov - 49' |
Superliga. 24-tur 23/11/2019, 13:30 2
:
1
Tugadi
|
Paxtakor Igor Sergeyev - 37', Jaloliddin Masharipov - 42' |
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar