So’nggi yangiliklar

16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  1 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1 15:11"Арсенал" "Евро"да порлаган туркияликни ўз сафида кўрмоқчи  2 14:38"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерни сотиб олмоқчи  4 14:12"Челси" "Атлетико"нинг Олимпиададаги ҳужумчисини сотиб олмоқчи  2 13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  3 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  3 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  7 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  2 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  4

Prevyu. "Nasaf" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Paxtakor"

Teglar :  NasafPaxtakorPrevyu
Qarshidagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Nasaf (Qarshi) – Paxtakor (Toshkent)
4 noyabr 2015. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 14:00
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

“Nasaf” hamda “Paxtakor” oliy ligada 37 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 21tasida “sherlar” g'olib bo'lishgan, 9ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Nasaf” hozirga qadar “Paxtakor”ni 7 marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga 54:28 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 72 ochkoni, “Nasaf” esa 30 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor”ning “Nasaf” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 4:0ga teng. “Ajdarlar”ning ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi ham 4:0 bo'lib turibdi.

Birinchi davrada Toshkentda o'tgan bahsda Adnan Oraxovac va Igor Sergeev (ikkita) tomonidan urilgan gollar “sherlar”ga g'alaba keltirgan. Ilhom SHomurodovning javob goli faqat hisobni qisqartirgan xolos – 3:1.

Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
01.06.2014 Nasaf - Paxtakor 1:1
20.09.2013 Nasaf - Paxtakor 1:1
19.10.2012 Nasaf - Paxtakor 0:2
09.11.2011 Nasaf - Paxtakor 1:1
05.06.2010 Nasaf - Paxtakor 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Qarshida bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarning 6tasida “Nasaf” zafar quchgan. Ettita uchrashuvda durang qayd etilgan. “Paxtakor” ushbu raqib maydonidagi uchrashuvlarda 5 marta g'alabaga erishgan. “Nasaf” o'z maydonidagi oxirgi 8ta o'yinda "sherlar"ni mag'lub eta olmagan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика