Prevyu. "Nasaf" - "Obod"
01 apr 2016 10:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203318_original.jpg)
![](/upload/storage/203318_220.jpg)
Prevyu. "Nasaf" - "Obod"
Nasaf (Qarshi) – Obod (Toshkent)
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Snetkov (Toshkent vil.), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
O'zPFL vakili: A. Frolov.
Bu klublar o'z tarixlarida ilk bor to'qnash kelishmoqda. Sababi "Obod" bu yil ilk bor oliy ligada o'ynamoqda.
Toshkentning “Obod” jamoasi o'tgan ikki turda bor yo'g'i bir ochkoni qo'lga kiritdi. 1-turda ular Qo'qon shahrida mahalliy “Qo'qon-1912” jamoasi mehmoni bo'ldi. Uchrashuv qo'qonliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Xabaringiz bor, uchrashuvdagi yagona gol 74-daqiqada Ilya Ilin tomonidan kiritildi.
12 mart kuni 2-turda “Obod” jamoasi o'z maydoni – “Jar” stadionida Buxoroning “Buxoro” jamoasini qabul qildi va golsiz durangga imzo chekdi.
“Nasaf” esa o'tgan ikki turda 100 foizlik natija qayd etib, 6 ochko to'plashga erishdi.
Eng qiziqarlisi, “Obod” jamoasida klubimizning sobiq azosi Sanjar Baratov to'p tepadi. S.Baratov muqaddam “Nasaf” jamoasi o'rinbosarlari va birinchi ligada ishtirok etadigan “Nasaf-2” jamoamizda hujumchi sifatida faoliyat yuritgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar